Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Futbolchi, gol, baklashka! «Neftchi» – «Navbahor» o‘yinida kuzatilgan g‘alati holatga O‘zPFL e’tibor qaratdi

Futbolchi, gol, baklashka! «Neftchi» – «Navbahor» o‘yinida kuzatilgan g‘alati holatga O‘zPFL e’tibor qaratdi

Baho:
+1 | -

Avvalroq, Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan “Neftchi” – “Navbahor” (2:1) o‘yinida mezbonlarning g‘alaba goliga mualliflik qilgan futbolchi Abdurahmon Abdulhaqov o‘z harakati bilan mehmonlar muxlislarini g‘azablarini keltirishi natijasida namanganlik muxlislar unga baklajka (plastik idish) lar uloqtirgani haqidagi xabar yozgandik.

Ushbu vaziyat yuzasidan O‘zPFL o‘z saytida rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra, Abdurahmon Abdulhaqov Musobaqalar Reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzgani uchun “Neftchi” jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov 2 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

“Superliganing 20-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” o‘yini 68-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov raqib jamoa darvozasini ishg‘ol etganidan so‘ng golni nishonlash maqsadida “Navbahor” jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib, raqib muxlislarini g‘azablantirishga va keskin e’tirozlariga olib kelgan xatti-harakatlarni amalga oshirgan.

Natijada namanganlik muxlislar o‘tirgan sektordan maydon tomon turli xil mayda buyumlar (plastik idishlar) uloqtirilgan.

Namanganning “Navbahor” jamoasi muxlislari “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” klublari maydoniga uyushtirgan safar uchrashuvlari chog‘ida intizom borasida ommaviy ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani mazkur o‘yinlarga tayinlangan uchrashuv komissarlari tomonidan qayd etilgan edi.  Superliga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” o‘yinida ham aksariyat namanganlik ishqibozlarning odob-ahloq qoidalari doirasidan chetga chiqish holatlari davom etdi. Jumladan, o‘yinning 68-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Abdurahmon Abdulhaqov “Navbahor” darvozasini ishg‘ol etgach, golni “Navbahor” jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib nishonladi. Futbolchi amalga oshirgan xatti-harakatlar 3 mingga yaqin namanganlik muxlislar o‘tirgan sektordagi ko‘p sonli ishqibozlarni ommaviy tarzda g‘azablanishiga va keskin e’tirozlariga olib keldi. Natijada namanganlik muxlislar o‘tirgan sektordan maydon tomon turli xil mayda buyumlar (plastik idishlar) uloqtirildi.

Shu sababdan “Navbahor” futbol klubi muxlislarining xulqi va madaniyati borasida tegishli tartibda ish olib borilmagani uchun “Navbahor” klubi oxirgi marta ogohlantirildi. Agar ushbu holat yana bir bora takrorlansa, klub o‘z uy uchrashuvini muxlislarsiz bo‘sh stadionda o‘tkazishi ham mumkin. Zero stadionlarga futbol ishqibozlari o‘z oilalari, farzandlari bilan birgalikda tashrif buyurayotgan paytda ayrim muxlislarning odob-ahloq me’yorlarini buzayotgani yosh futbolsevarlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu borada Superliga barcha ishtirokchi jamoalarining muxlislar bilan ishlash bo‘limlari muntazam ish olib borishlari lozim”, deyiladi O‘zPFL xabarida.

Futbolchi, gol, baklashka! «Neftchi» – «Navbahor» o‘yinida g‘alati holat kuzatildi. Ammo O‘zPFL jim... (video)

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:05, 04.08.2018.
O'qildi: 8317 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.