Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

Iyul oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi. 

Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy sayti www.PFL.uzda bo‘ladigan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi. 

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan PEPSISuperligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlarida Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Lokomotiv” jamoasi 5 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. Mirjalol Qosimov ustozligidagi “Bunyodkor” va Shota Arveladze rahbarligidagi “Paxtakor” esa 1 martadan mag‘lub bo‘lishdi. Qayd etish joizki, Arveladze 4-marta oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar qatoridan o‘rin egalladi. Mirjalol Qosimov hamda Andrey Fyodorov esa hozirga qadar 2 martadan oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun da’vogarlar safidan joy olishgan edi. Ko‘ramiz, bu gal ovoz berishda qaysi nomzod ko‘proq ovoz olar ekan…

Oyning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar

Andrey Fyodorov (“Lokomotiv”) – 5 g‘alaba, 1 durang

Mirjalol Qosimov (“Bunyodkor”) – 3 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat 

Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 4 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:16, 04.08.2018.
O'qildi: 2006 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.