Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ektor Kuper qayerda yashashini ma’lum qildi

Ektor Kuper qayerda yashashini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilindi. Mutaxassis bu anjumanda qayerda yashashini ma’lum qildi.

- Janob Kuper Siz O‘zbekistonda istiqomat qilasizmi yoki ma’lum bir vaqtlardagina yurtimizga tashrif buyurasizmi? Murabbiylik shtabingizdan o‘zbek murabbiylar ham joy olishadimi?

- Men O‘zbekistonda yashab, terma jamoada ish olib boraman.Orada  Ispaniyaga va Argentinaga borib kelib turishim mumkin. Ammo asoiy yashash joyim O‘zbekiston bo‘ladi. Bu borada O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun ularga tashakkur bildirib o‘taman.

Mahalliy murabbiylarga keladigan bo‘lsak, terma jamoada ishlash jarayonida ular bilan maslahatlashishim mumkin. Buni vaqt ko‘rsatadi. Bu borada mahalliy murabbiylarning ish faoliyati bilan tanishmay turib javob bera olmayman. Shu bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan uch nafar yordamchim joy olishini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ular menga raqiblarni o‘rganish, futbolchilarni kuzatish va boshqa jabhalarda yordam berishadi.

- O‘yin falsafangiz bilan bo‘lishsangiz, futbolchilarga qarab taktika tanlaysizmi yoki o‘z taktikangizga mos futbolchilarni tanlaysizmi?

 - Mening falsafam futbolchilarga qarab o‘yin sxemasini tuzish emas, balki o‘zim to‘g‘ri deb hisoblagan sxemalarga o‘yinchilarni moslashtirish yoki shunga mos kuchli futbolchilarni tanlab olishdir.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:48, 06.08.2018.
O'qildi: 16497 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик