Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Uch karra Olimpiya sovrindori, rossiyalik velopoygachi ayol O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilmoqchi (foto)

Uch karra Olimpiya sovrindori, rossiyalik velopoygachi ayol O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilmoqchi (foto)

Baho:
+ | -

Rossiyalik taniqli velopoygachi Olga Zabelinskaya sport fuqaroligini o‘zgartirmoqchi va O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqchi, deya xabar beradi sport-express.ru

"Ha, hozir o‘tish jarayonidaman. Ammo bu qadamimga sababini hozircha oshkor qilmoqchi emasman", - deya Zbelinskayaning so‘zlarini keltiradi TASS.

Rossiya velosport federasiyasi 38 yoshli sportchinin qaroridan bexabarligini bildirdi.

"Biz tomonimizdan hech qanday kelishuv yo‘q. Biz bu o‘tishga mutlaqo qarshimiz, nima bo‘lganida ham uni ikki yillik karantin kutmoqdaOlimpiya o‘yinlari tufayli karantin uch yilga cho‘ziladi, shuning uchun u sport fuqaroligini o‘zgartirsa, 2020 yilgi Olimpiadani o‘tkazib yuboradi", - deydi RVSF direktori Yuriy Kucheryaviy.


Zabelinskaya - Rossiya tarixidagi eng ko‘p sovrinlarga ega bo‘lgan velosprtchi. U uch karra Olimpiyada sovrindori. London-2012da ikkita bronza medalga ega chiqqan, Rio-2016da kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Zabelinskaya RVSF bilan kelisha olmasa, uni uch yillik karantin kutmoqda va u Tokio-2020ni o‘tkazib yuboradi. Bu Olimpiada Zabelinskayaning bosh maqsadi.

"Olimpiada oltin medalini yutishimga ishonaman. Sportni tashlashdan ma’no ko‘rmayapman. Buning ustiga bizda vakkum yuzaga kelgan. Jahon chempionatiga jamoa ham tuza olmaymiz. Men o‘ynovchi murabbiy vazifasini o‘tashni istardim. O‘z tajribam bilan ko‘pchilikka yordamim tekkan bo‘lar edi", - degan edi Zabelinskaya Rioda kumush medalni qo‘lga kiritganidan so‘ng.

Zabelinskaya Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada-2024da ham qatnashmoqchi. Ha, undu u 44 yoshda bo‘ladi, ammo ayollar velosportida yoshi ulug‘ sportchilarga misollar ko‘p. Eng yarqin misol - fransuz - Janni Longo, u yettita OLimpiadada qatnashgan. Pekin-2008da u 49 yoshda bo‘lgan va 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 13:32, 07.08.2018.
O'qildi: 5566 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.