Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Muxlislar nima uchun Xabib Nurmagamedovni qoralashmoqda?

Muxlislar nima uchun Xabib Nurmagamedovni qoralashmoqda?

Baho:
+ | -

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni, rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedov va uning tug‘ishgan ukasi Abubakar Nurmagomedov tvitterdagi The MMA Bible akkaunti orqali tarqalgan videodan keyin tanqidlar ostida qoldi. Videoda Abubakar uysiz nochorlarni pul evaziga jismoniy mashqlarni bajarishga undaydi, bu holatda kamera ortida bo‘lgan Xabib tinimsiz kuladi.

Xunuk ish

Bu video Xabibning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingach, tanqidlar boshlanib ketdi. Tez orada video o‘chirildi, lekin muxlislar rossiyalik sportchiga nisbatan «kompromat»ga ega bo‘lib ulgurgandi. Qolaversa, sportchilar ham uni tanqid qilishga qo‘shildi.

Jumladan, shvesiyalik jangchi Jek Xermansson ham Nurmagomedovlarni qoralab chiqdi.

«Juda xunuk qiliq. U har kuni mashg‘ulotlar vaqtida odamlar zalda qanday mashq qilayotganini ko‘rib kulmagan, endi esa u buni kulgili demoqda, chunki otjimaniyani uysiz kishilar qilishmoqda», deya yozgan Xermansson.

«Hamisha xudo haqida gapirib yurgan odamning bunday ish tutishini ko‘rish men uchun og‘riqli», deydi muxlislardan biri.

Jiddiy xato

Internet foydalanuvchilari orasida bu harakatni «jiddiy xato» sifatida baholaganlar ham bor.

«U biroz avvalroq bergan intervyusida kamtarlik hamda yosh avlodga o‘rnak bo‘lish haqida gapirgandi. Men Xabibning muxlisiman, ammo uning bu harakati - jiddiy xato bo‘ldi», deydi ulardan biri.

«Uysizlarni mazax qilish - pastkashlik. Umid qilamanki, Konor unga ko‘rsatib qo‘yadi», deyiladi izohlardan birida.

Rossiyalik jangchi Aleksandr Yemelyanenko esa Xabibning harakatida qo‘rqinchli narsa ko‘rmayotganini aytgan.

«Buning nimasi yomon. Bu harakat va pastkashlik orasida bog‘liqlik ko‘rmayapman. Ular o‘zlari istab, mashq qilishmoqda. Bu bekorchilarning tanqidlariga tushunmayapman», degan u REN TV uchun bergan intervyusida.

Xuddi shu vaqtda boshqa bir rossiyalik sportchi, xokkeychi Aleksandr Ovechkin bilan bir yil oldin sodir bo‘lgan voqeani eslashmoqda. U o‘shanda Kanadaning Edmonton shahrida uysiz kishiga o‘z ustidagi kurtkasini yechib berib, tahsinlarga sazovor bo‘lgandi.

«Biz Aleks Ovechkin qish kunida ustidagi kurtkasi va boshidagi kiyimini ko‘chadan o‘tib ketayotgan uysiz kishiga berib yuborganini ko‘rgandik», deya Ovechkinning rahmdilligini eslagan fikr qoldiruvchilardan biri.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 23:52, 07.08.2018.
O'qildi: 7013 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик