Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

Baho:
+ | -

Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo‘lib o‘tdi. Shu sababdan PEPSI Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o‘yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so‘rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo‘lar edi. Shu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlari davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o‘yin namoyish etib, muxlis va mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Ular ichidan 4 nafar saralab olingan nomzodlarga Superliga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda PFL saytida muxlislar ovoz berishdi. Yakunda esa Eldor Suyunov eng ko‘p ochko jamg‘ardi. Ikkinchi pog‘ona Sanjar Quvvatovga, uchinchi o‘rin esa Milan Mitrovichga nasib etdi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, Eldor Suyunov bunga qadar 3 marta oyning eng yaxshisi bo‘lish uchun da’vogarlar qatoridan o‘rin olgan va har safar yakunda kamroq ovoz to‘plagan edi. Iyul oyi yakunlariga ko‘ra esa aynan Suyunov eng ko‘p ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:49, 09.08.2018.
O'qildi: 2041 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.