Angliya premyer-ligasida yangi mavsum boshlanish arafasida. Saytimizda o‘tkazib kelinayotgan "Futbol bashorati" tanlovining APL bo‘yicha yangi mavsumini boshlayapmiz. Barchani mazkur tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Tanlov qoidalari
A) Saytda ro‘yxatdan o‘tgan muxlislar ishtirok eta oladi.
B) Saytdagi "Futbol bashorati" tanlovining APL-2018/2019 bo‘limiga kirib, bitta turda keltirilgan o‘yinlar uchun o‘zingizning taxminiy natijalaringizni kiriting, so‘ngra "OK" tugmasini bosing. Turdagi o‘yinlarga variant kiritish bahs boshlanishiga 1 soat vaqt qolganida to‘xtatiladi.
S) APLda jami 38ta tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur tanlov ham 32-turdan so‘ng o‘z yakuniga yetadi.
Hisoblash tartibi
A) Hisobni aniq topgan muxlisga 3 ball beriladi. Faqatgina g‘olib jamoani to‘g‘ri topgan muxlisga 1 ball berilsa, to‘plar farqini ham to‘g‘ri topgan ishqibozga 2 ball beriladi. Durang bilan yakunlangan o‘yinlarda siz ham durang natijani kiritgan bo‘lsangizu, hisob aniq bo‘lmasa ham 2 ball taqdim etiladi.
B) Natijalar va muxlislar reytingi bilan o‘sha sahifadagi "Reyting" bo‘limi orqali tanishib borasiz. Tanlov yakunida ochkolar teng kelib qolganda g‘olib nomi quyidagicha aniqlanadi:
— eng ko‘p topilgan aniq hisoblar soni;
— eng ko‘p topilgan to‘plar farqi;
Mukofot jamg‘armasi
Tanlov uchun mukofot jamg‘armasi ajratilgan bo‘lib, dastlabki 5ta o‘ringa quyidagicha mukofot beriladi:
1-o‘rin: 50 ming so‘m
2-o‘rin: 40 ming so‘m
3-o‘rin: 30 ming so‘m
4-o‘rin: 20 ming so‘m
5-o‘rin: 10 ming so‘m
Barchaga omad tilaymiz.
Futbol bashorati: APL-2018/2019