Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Joze Mourinyo: «Kelajakda qaysidir terma jamoada ham ishlab ko‘raman, albatta»

Joze Mourinyo: «Kelajakda qaysidir terma jamoada ham ishlab ko‘raman, albatta»

Baho:
+ | -

JCH-2018 o‘yinlari Joze Mourinyoga kuchli ta’sir qilgan ko‘rinadi. Mundial ekspertlari guruhi tarkibida ishlagan portugaliyalik murabbiy ko‘plab uchrashuvlarni bevosita kuzatib, ularni RT telekanalida atroflicha tahlil qilib berdi.

«Benazir» shu asnoda terma jamoalar futboliga o‘zgacha qiziqish hissini tuydi. Har holda, u oxirgi intervyularidan birida JCH taassurotlariga to‘xtalish barobarida kelajakda qaysidir terma jamoani mundialga olib chiqishni diliga tugib qo‘yganini ochiq-oydin e’tirof etdi.

Mou shuningdek, Angliya terma jamoasi istiqboliga yuqori baho berdi. Murabbiyning ishonch bilan ta’kidlashicha, Garet Sautgeyt boshqaruvida o‘ynagan yosh jamoa Rossiyada munosib ishtirok etdi va uning kelajakda qaysidir yirik turnirda zafar quchish imkoniyati yetarli.

- JCH yarim finallaridan birida Xorvatiya termasi inglizlarni «over-taym»da yengdi. O‘yinning borishiga qaraganda, bu natija adolatli bo‘ldimi?

- Uchrashuvning tanaffusida biz yana gollar ko‘rishimizni aytgandim. Chunki o‘yindagi holatlar shunga dalolat berib turdi. Yakunda taxminim to‘g‘ri chiqdi. Agar Angliya termasi ikkinchi golni urib olganida, final yo‘llanmasi taqdiri barvaqt hal bo‘lardi. Biroq inglizlar bunday qilolmadilar, xorvatlar esa keyinroq muvozanatni tiklab, ruhiy ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dirdilar.

Yakunda Zlatko Dalich shogirdlari haqli g‘alabaga erishdilar. Demoqchimanki, adolatli natija qayd etildi. O‘yin ko‘rsatkichlari ham buni tasdiqlaydi - Xorvatiya termasi 7 marta aniq zarba yo‘lladi, inglizlar esa bir martagina mo‘ljalni aniq olishdi. Shunday ekan, adolatsizlik haqida gapirish ortiqcha.

- Sizningcha, Angliya termasiga nima yetishmadi, ayniqsa, qo‘shimcha bo‘limlarda?

- Inglizlar shunchaki, o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqarib qo‘yishdi. Natijada to‘pga egalik qilish foizi keskin pasayib ketdi va Subashich darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Tabiiyki, xatolar ham ko‘paydi.

Vaholanki, Manjukich hal qiluvchi golni urgan payt mislsiz darajada charchab qolgandi. Lekin u kabi tajribali professionallar har qanday holatda ham, yaxshi imkoniyatni yo‘qqa chiqarmaydilar.

- Eslasak, Angliya termasi so‘nggi daqiqalarda ajoyib imkoniyat - xavfli standart vaziyatga ega bo‘ldi. Ammo uni golga aylantirolmadi. O‘sha holatda nima xato asosi bo‘ldi?

- O‘ylashimcha, jamoa vakillari uzatma toifasini tanlashda yanglishishdi. Bilishimcha, Rashford to‘pni Maguayrga yetkazishni mo‘ljallagandi. Garri havodagi kurashlarda ustun, Markus esa aniq uzatmalar ustasi.

Lekin raqib ham barchasini yaxshi bilardi - Lovren xavfni vaqtida bartaraf etdi. Bor gap shu.

- Umuman, Xorvatiya termasining ilk bor finalga chiqqanini qanday baholaysiz?

- To‘g‘risi, buni hayratlanarli natija sifatida qabul qildim. Axir Xorvatiya milliy chempionati eng kuchli ligalar sirasiga kirmaydi. Ha, terma jamoaning ko‘plab a’zolari xorijda to‘p surishadi, xuddi men kabi.

Tajribamdan bilaman, musofirlikda yurganlarda o‘z yurtiga munosabat mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Xullas, xorvatlarning finalgacha dalil odimlashgani chindan ham, hayratlanarli.

- Tabiiyki, Angliyada milliy jamoaning yarim finaldagi mag‘lubiyati og‘riqli qabul qilindi...

- Ha, inglizlarda nolish uchun asoslar yetarli. Lekin alohida ta’kidlash kerak, umidbaxsh jihatlar ham yo‘q emas. Mana, terma jamoa avvalgi musobaqalarga nisbatan olganda, sezilarli siljishga erishdi.

Unutmaslik kerak, Sautgeyt jamoasi tarkibi hali juda yosh. Misol uchun, Yang hamda Vardini hisobga olmaganda, qolgan barcha futbolchilarda Qatar mundialiga ham borish imkoniyati yetarli.

- Aytingchi, mundialning serzavq spektakllardan keyin sizda ham terma jamoalar miqyosida ishlash xohishi tug‘ilmadimi?

- Avvaliga JCHda faqat ekspert sifatida ishlashim mumkinligini aytgandim. Mana, Rossiya mundiali ta’sirida qisqa muddatli turnirlarga munosabatim o‘zgardi. Ya’ni JCHning maftunkor havosi yoqib tushdi.

Xullas, menda jahon yoki Yevropa chempionatida ham o‘zimni sinab ko‘rish istagi tug‘ildi. Ha, butun faoliyatim davomida naq 11 oyga cho‘ziladigan uzun mavsumga ko‘nikib ulgurganman. Lekin kelajakda qaysidir terma jamoada ham ishlab ko‘raman, albatta.

- Bu borada qandaydir rejangiz ham bormi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:15, 09.08.2018.
O'qildi: 3992 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.