Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

«Qo‘qon-1912»: «Paxtakor» bilan o‘yin oldidan muxlislarimiz 12-o‘yinchi bo‘lishlariga ishonamiz!

«Qo‘qon-1912»: «Paxtakor» bilan o‘yin oldidan muxlislarimiz 12-o‘yinchi bo‘lishlariga ishonamiz!

Baho:
+ | -

PEPSI superligasi o‘zining qizg‘in pallasiga keldi. Bu yog‘iga jamoalar maydonda har bir ochko uchun ayovsiz kurash olib borishlari turgan gap. Har bir ochko muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. “Qo‘qon-1912” jamoasi uchun ham oldindagi ikkita uchrashuv haqiqiy finalga teng desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chempionlik yo‘lida kurashni davom ettirish uchun futbolchilarimiz oldinda turgan ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozonishlari talab etiladi. Buning uchun esa muxlislarning ko‘magi muhim o‘rin tutadi.

Ma’lumki, azaldan Qo‘qonlik futbol ishqibozlari mamlakatimizda yetakchilaridan bo‘lib kelishgan. Muxlislarimiz o‘tgan yili PFL tomonidan eng yaxshi deb tan olingani bejiz emas. Bu yil ham ishqibozlarimiz futbolchilarimizni a’lo darajada qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Jamoamizning eng og‘ir damlarida ishqibozlarning daldasi futbolchilarimizga ruhiy madad bo‘ldi. Qiyin damlarda ham sizlar jamoani tinimsiz olqishlab turdingiz. Natijada muvaffaqiyatsiz o‘yinlar o‘rnini g‘alabali seriya egalladi. Buning uchun sizlardan har qancha minnatdor bo‘lsak arziydi.

Takrorlashdan charchamaymiz: “Qo‘qon-1912” klubi o‘z muxlislari bilan har doim faxrlanib kelgan va doim ham shunday bo‘lib qoladi. “Qo‘qon-1912” jamoasi har doim muxlislar uchun o‘ynaydi.

Yana ikki kundan keyin Qo‘qonda haqiqiy futbol bayrami bo‘ladi, desak adashmaymiz. “Markaziy” o‘yingohda chempionat peshqadami Toshkentning “Paxtakor” jamoasi mehmon bo‘ladi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba jamoamizning kuchli oltilikka kirishi uchun katta imkoniyat yaratadi.

Shu kuni g‘alaba qozonib, Qo‘qon xalqiga haqiqiy bayram taqdim etishni maqsad qilgan futbolchilarimiz uchun siz aziz muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlab turishlaringiz katta ruhiy madad bo‘lishi tayin. Buni sizlar ham his etib turgangizga shubha yo‘q. Shu kuni barcha birlashib, stadionni to‘ldirib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchimiz komil. 

“Navbahor”ning o‘z maydonidagi uchrashuvlarida muxlislar haqiqiy 12-o‘yinchi bo‘layotgani haqida eshitib ko‘pchilikning havasi keladi.

Qo‘qonlik futbol muxlislari ham ulardan qolishmay barchaning havasini keltirishlari shubhasiz.

Aytgancha, so‘nggi uch yildan beri “Paxtakor” Qo‘qonda g‘alaba qozona olmayapti. Bunda muxlislarimizning beqiyos hissasi borligini ta’kidlash joiz. O‘tgan yili “Paxtakor” bilan bo‘lgan bahsda “Markaziy” stadion ishqibozlar bilan to‘lib-toshganini ko‘pchilik maroq bilan eslaydi. Bo‘lajak uchrashuvda ham shunday holat takrorlanishini istaymiz va shunday bo‘lishiga ishonamiz.

Qo‘qonlik futbol muxlislar hech qachon jamoamizni yolg‘izlatib qo‘yishmagan. Biz sizlarga ishonamiz. Shu kuni muxlislarga yuqori kayfiyatda taqdim etish uchun o‘yindan oldin konsert dasturi taqdim etiladi. Unda taniqli xonanda Ramzbek Abdurahmonov o‘zining qo‘shiqlari bilan muxlislarga xushkayfiyat bag‘ishlaydi. Ham konsert dasturi ham super o‘yin guvohiga aylanish imkoniyatni qo‘ldan boy bermaysiz, degan umiddamiz.

Takror aytamiz, bo‘lajak bahsda muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari har doimgidan-da muhim.

Qo‘qonlik futbol muxlislarining butun mamlakatga haqiqiy kuchlarini namoiysh etadigan payt keldi. Ishqibozlik qanday bo‘lishini ko‘rsatish fursati yetdi. Olg‘a, Qo‘qon!

Barchangizni stadionda kutib qolamiz. Uchrashuv 12 avgust kuni soat 18:30da boshlanadi.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 10:49, 10.08.2018.
O'qildi: 2771 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.