Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Mutaxassis va faxriylar futbolimizning yorqin davri haqida...

Mutaxassis va faxriylar futbolimizning yorqin davri haqida...

Baho:
+ | -

Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogida muayyan o‘yinchi yoki futbolimizdagi yorqin lahzalar haqida turli so‘rovlar o‘tkazish an’ana tusini olgan.

Bu safar futbolga aloqador shaxslar milliy jamoamizning qaysi o‘yini umrbod yodda qolishi mumkinligi haqida fikr bildirishdi.

Ma’mur Mamadaliyev («Lokomotiv» FK muxlislar va OAV bilan ishlash xizmati rahbari): - Shu paytgacha ko‘plab muhim, chiroyli o‘yinlar guvohiga aylandim, ular xotiramga muhrlangan. Shular orasida Osiyo chempionati (U-23)dagi g‘alaba, Osiyo kubogi-2011dagi ishtirok ham bor.

Ayniqsa, Qatardagi musobaqaning O‘zbekiston ishtirokidagi dastlabki o‘yinida ertaknamo muhit hukm surgandi. G‘aroyib ochilish uchrashuvi, Odil Ahmedovning supergoli, Abramovning ko‘z yoshlari. Vadim Karlenovich qo‘l ostidagi jamoa hamjihatlikda to‘p surgandi. Aynan o‘shanda biz hamon yaxshi ko‘radigan betakror terma shakllangandi.

Baxtiyor Rahimov («Uzbekskaya kuxnya» blogi muallifi)

Yaponiya - O‘zbekiston - 0:1! Milliy jamoamizning nomdor raqibi ustidan qozongan ilk g‘alabasi. Boz ustiga, bu yutuq safarda, ikkinchi tarkib bilan, namunali hujum samarasi o‘laroq qo‘lga kiritilgandi.

Afsuski, o‘sha g‘alaba goli muallifi - Aleksandr Shadrin hozir oramizda emas, biroq uning xotirasi o‘zbek futboli muxlislari yodida umrbod saqlanib qoladi. Yaponiyada erishilgan g‘alabadan so‘ng termamiz 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqqandi.

O‘shanda jamoamiz nafaqat natijaga erishgan, balki kuchli raqibdan ustunlikka erishish mumkinligini ko‘rsatgandi. Bu haqiqatan ajo-yib futbol edi, hozirgi termamizdan ham shunday o‘yin kutib qolamiz.

Bobur Akmalov (sport jurnalisti)

Hayotim davomida milliy jamoamizning ko‘plab yutuq va mag‘lubiyatlariga guvoh bo‘ldim. Ular orasida Osiyo o‘yinlari-1994dagi zafar yoki Livandagi o‘ta bo‘sh o‘yin ham bor. Termamizni shu paytgacha ko‘plab xorijlik murabbiylar boshqarishdi: Nepomnyashiy, Salkov, Gede, Da Silva, Xougton.

Ammo eng yorqin damlar Osiyo kubogi-2011 paytiga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston milliy jamoasi Vadim Abramov boshchiligida o‘yin sifati bo‘yicha katta yutuqqa erishgandi. O‘ylashimcha, hozirga qadar Abramov paytidagidan kuchliroq terma bo‘lmagan. O‘shanda jamoamiz ko‘p jihatlarda boshqalardan ajralib turgandi.

Qosimov, Lebedev, Shirshov, Shaskix singari yetakchilarimizning mehnatlarini kamsitmagan holda aytaman - 2011 yilgi jamoa eng yorqin o‘yin namoyish etgan. Bilasizmi, ko‘pincha rasional, ehtiyotkor futbol ko‘rsatadigan jamoalar ko‘proq yutuqqa erishadi. Ammo men hujumkor o‘yinni ma’qul ko‘raman va bizga 4-o‘rinni tuhfa etgan Qatardagi musobaqani tanlayman.

Aleksandr Xorin (futbol statistikachisi): - 1994 yilgi Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahs ko‘proq yodimda qolgan. O‘yin juda qiyin o‘tgandi. Yodingizda bo‘lsa, o‘shanda raqiblarimizga Anatoliy Bishoves murabbiylik qilgandi. Mazkur uchrashuvgacha ushbu terma barcha raqiblarini yengayotgandi, bu safar esa...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:01, 10.08.2018.
O'qildi: 6963 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик