Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

17 o‘g‘lonsiz 39 yil yoxud «Paxtakor-79» haqida

17 o‘g‘lonsiz 39 yil yoxud «Paxtakor-79» haqida

Baho:
+ | -

1979 yil 11 avgust sanasida “Paxtakor” jamoasi mash’um halokatga yo‘liqqan. Minskning «Dinamo» klubi bilan uchrashuvga yo‘l olgan o‘sha jamoa a’zolari bu o‘zlari uchun so‘nggi safar bo‘lishi mumkinligidan bexabar edilar.

8 avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirgan “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi uchun so‘nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o‘ylab ham ko‘rmagandi. 13 avgustda Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro‘y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi.

O‘zbekistonning faxriga aylangan futbol jamoasi samoda yo‘q bo‘lib ketdi. Ular millionlab insonlar uchun qahramonlar hisoblanardi. Maydonda har qanday raqibga qarshilik qila oladigan yigitlar samoda taqdir hukmi oldida barcha insonlar kabi ojiz edilar.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tgan. Shu lahzada Toshkent-Guryev-Donesk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Fojea yerdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.

Shu o‘rinda biz avialhalokatda hayotdan ko‘z yumgan paxtakorchilarni eslab o‘tamiz:

Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy
Vladimir Vasilyevich Chumakov 08.12.1932 Shifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma’mur
Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi
Olim Masoliyevich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi
Vladimir Vasilyevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolayevich Churkin 25.01.1952 Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi
Shuhrat Mo‘sinovich Eshbo‘tayev 08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valiyevich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

O‘sha jamoa vakillarini eslash maqsadida turli xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda, xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Narpayda Sirojiddin Bozorov nomidagi stadion, Navoiyda esa Shuhrat Eshbo‘tayevning xotirasiga “Shuhrat” nomli futbol maktabi tashkil etilgan.

“Paxtakor” futbol klubining yordami evaziga Kurilovka qishlog‘ida jamoani eslatib turuvchi yodgorlik barpo etildi. O‘sha hudud yoshlar jamoasi “Paxtakor” deb nomlanadi, ular “Paxtakor” liboslarida maydonga tushib, o‘yinlarda ishtirok etishadi.

Bu esa o‘sha jamoaga hurmat keltirilayotganini ko‘rsatib turibdi. O‘sha yoshlar jamoani ko‘rganda barcha 1979 yilgi jamoa to‘g‘risida yodga oladi. Yil davomida yurtimizning turli hududlarida xalqaro turnirlar o‘tkazib kelinmoqda.

"Paxtakor-79" jamoasi a’zolarini yodga olish, ularga hurmat keltirish bizning burchimizdir. Sizlarni hech qachon unutmaymiz! "Paxtakor-79" qalbimizda hamisha barhayot!

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:57, 11.08.2018.
O'qildi: 4113 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.