Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» o‘z oldiga kuchli oltilikka kirishni maqsad qilgan edi, afsus...»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» o‘z oldiga kuchli oltilikka kirishni maqsad qilgan edi, afsus...»

Baho:
+ | -

«Nasaf» – «Bunyodkor» uchrashuvidan so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Uchrashuvda kuchli jamoa g‘alaba qozondi. «Bunyodkor» bizga nisbatan ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Raqibimiz xaqli g‘alabaga erishdi. Agar biz penaltini aniq amalga oshirganimizda, balki o‘yinni o‘z tarafamizga og‘dirgan bo‘lardik. Afsuski bu amalga oshmadi. Keyin qizil kartochka orqali himoyachimiz maydondan chetlatildi, bu ham o‘yinimizga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Bundan tashqari himoyachimiz G‘olib G‘aybullayevni ham boshidan olgan jarohati tufayli majburiy almashtirdik.

«Bunyodkor» yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Albatta, biz o‘z oldimizga kuchli oltilikka kirishni maqsad qilgan edik, afsuski buni bajara olmadik. Biz ham muxlislar ham bunday holatga tayyor bo‘lishimiz kerak. O‘zingizga ma’lum, bizni chempionlik darajasidagi futbolchilar tarkibimizdan ketishdi. Ammo shunday keyin ham bizdan mu’jiza kutishdi, bu bajarilishi qiyin bo‘lgan vazifa edi. Bunga erisha olmadik.

O‘yinlarda ko‘plab vaziyatlar yaratayapmiz, ammo o‘yinchilarimizda tajriba yetishmasligi bizga pand berayapti. Vaziyatlarni golga aylantirishda katta tajriba talab etiladi. Tarkibimizda harakat qilayotgan futbolchilarimizga bunday uchrashuvlar tajriba maktabi bo‘lishi aniq. Ularda kelajak bor”, deydi Berdiyev.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:27, 12.08.2018.
O'qildi: 2753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.