Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Malkom - «Barselona» - «Roma» transfer atrofidagi voqealar... O‘zi nima bo‘lgandi?

Malkom - «Barselona» - «Roma» transfer atrofidagi voqealar... O‘zi nima bo‘lgandi?

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbariyati yaqinda «Bordo» yarim himoyachisi Malkom transferini e’lon qildi. Kataloniya klubi braziliyalik futbolchi uchun 41 million yevro to‘laydi. Bu summaga yana 1 million yevro bonus to‘lovi qo‘shilishi mumkin.

Malkom esa birdaniga 5 yillik shartnoma ostiga imzo chekdi. Qizig‘i, oldinroq uning «Roma» safiga qo‘shilishi haqida xabar berilgandi. Biroq «Barsa» so‘nggi pallada Malkom yo‘nalishini keskin o‘zgartirib yubordi.

«Roma» sport direktori Ramon Rodriges Monchi Malkom transferi barbod bo‘lganidan nolimoqda. Zero, rimliklar «Bordo» futbolchisini 36 million yevroga sotib olishayotganini e’lon qilib ulgurgandilar. Ammo 24 iyul kuni braziliyalik futbolchi Rim emas, Kataloniya tomon uchdi.

Gap shundaki, «Chelsi» Villian uchun naq 70 million yevro so‘ragach, «Barsa» undan voz kechib, Malkom variantiga «yopishdi».

Oxir-oqibat, iqtidorli futbolchi bilan 5 yillik shartnomani rasmiylashtirib, kattagina tovon puli ham belgiladi - 400 million yevro. «Roma» rahbariyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, klub kelishuvga amal qilinmagani uchun «Bordo» bilan sudlashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

«Malkom nomzodi bizni to‘la qanoatlantirardi, uning klubimiz tarkibini kuchaytirishiga ishongandik. Shu tariqa bir hafta muqaddam «Bordo» rahbariyati hamda futbolchining agenti bilan muzokara jarayoniga kirishib, yakunda barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdik.

Hattoki, futbolchining tibbiy ko‘rik uchun Rimga kelishga ruxsat olgandik. Qisqasi, barchasi nazorat ostida ekanligi bois, butunlay xotirjam edik...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:13, 13.08.2018.
O'qildi: 5986 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.