Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Sanjar Tursunov: «Kuper terma jamoamizni JCHga olib chiqa oladi»

Sanjar Tursunov: «Kuper terma jamoamizni JCHga olib chiqa oladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod yarim himoyachi Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettiryapti. Hamyurtimiz K2-liga (bizning Pro-liga bilan teng maqom) vakili hisoblangan «Tedjon Sitizen» klubi bilan shartnoma imzoladi.

U erkin agent maqomida koreyaliklar tarkibiga borib qo‘shildi. E’tiborlisi, Sanjar bu klubda yolg‘izlanib qolmaydi. «Tedjon» sharafini yana bir futbolchimiz Shohruh Gadoyev ham himoya qilib kelmoqda.

«Bunyodkor»ning sobiq yarim himoyachisi avvalroq shu klub a’zosiga aylanib ulgurgandi. Endi o‘zbekistonlik ikki futbolchi «Tedjon Sitizen»ning ikki qanotida javlon urishadi.

Tursunovning debyuti o‘zi uchun omadli keldi. «Tedjon Sitizen» klubi o‘z maydonida «Gvangju» jamoasi bilan durang o‘ynadi. Mezbonlarning yagona javob to‘piga aynan Sanjar mualliflik qildi.

Zaxiradan maydonga tushgan Tursunov 84-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Ungacha 19-daqiqada Jung Yeong Chong hisobni ochishga ulgurgandi.

Biz ushbu uchrashuvdan so‘ng Sanjar Tursunov bilan bog‘lanib, undan eksklyuziv intervyu oldik. Ma’lumot uchun, hamyurtimiz o‘tgan mavsumni Qatarning «Haraytiyat» jamoasi safida o‘tkazgandi.

- Sanjar, Janubiy Koreya klubiga o‘tishingiz qay tarzda amalga oshdi?

- Transfer juda ham tez suratda ro‘y berdi. Muzokaralar 3-4 kun davom etdi. «Tedjon Sitizen» klubi rahbari va yana bir jamoa vakili Toshkentga atayin ushbu transferni amalga oshirish uchun yetib kelishdi.

Aytmoqchi bo‘lganim, ular bu ishga professional va jiddiy tarzda yondashishdi. Yuzma-yuz ko‘rishib, muzokara o‘tkazganimizdan so‘ng shartnomaga imzo chekdik. Koreya klubi rasmiylari Toshkentning o‘zida viza olishimga yaqindan yordam berishdi.

O‘zlari Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, jarayonni tezlashtirishdi. Men bu kabi o‘z ishiga professional yondashgan klub vakillarini birinchi bor ko‘rishim. Ochig‘i, bundan hayratga ham tushdim.

- Oldingizda variantlar yetarli edi. Nima uchun aynan Janubiy Koreya?

- Ha, takliflar yetarlicha bo‘ldi. Lekin bir nechta omillar sabab Janubiy Koreya klubidan tushgan taklifni afzal bildim. Birinchidan, faoliyatimni yana legioner sifatida davom ettiraman. Ikkinchidan, klub rahbarlarining bu transferga professional tarzda yondashgani.

Eng asosiysi esa, rafiqam koreys tilini juda yaxshi biladi. U besh yil davomida Toshkent davlat sharqshunoslik institutining koreys tili bo‘limida tahsil olgan.

Shuncha yil davomida olgan bilimini bevosita Janubiy Koreyada yashab, mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ana shu sanab o‘tgan omillar «Tedjon Sitizen» jamoasi bilan shartnoma imzolashimga sabab bo‘ldi.

- Poytaxtimiz «Tedjon» jamoasi rahbarlarida qanday taassurot qoldirdi?

- Juda katta taassurot bilan qaytishdi. Har bir sohada bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘lishdi. Ikki mamlakat o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgan hamkorlik sportda, xususan, futbolda ham ko‘zga tashlanayotganidan quvonganliklarini aytishdi.

E’tiborlisi, shartnoma ham Tedjonda emas, aksincha, Toshkentda imzolandi. Ma’lumot uchun aytishim mumkin, «Tedjon Sitizen» klubi bilan ikki yarim yillik bitimga imzo chekdim. Ular yaqin orada hech bir futbolchiga bunday uzoq muddatli shartnoma taklif qilmaganliklarini aytishdi. O‘zaro ishonch borligidan xursand bo‘ldim.

- O‘zimizning «Lokomotiv» ham sizni o‘z safida ko‘rish istagini bildirgan ekan. Ushbu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqin?

- Yo‘q, buni tasdiqlay olmayman. «Lokomotiv» bilan hech qanday muzokara o‘tkazmadim. Aksincha, poytaxtning boshqa bir klubi «Paxtakor» tomonidan qiziqish bildirildi. Hatto o‘zaro muzokaralar ham olib borildi.

Yakunda yana bir necha mavsumni xorij chempionatida o‘tkazish hissi ustunlik qildi. «Tedjon Sitizen» rahbarining shaxsan o‘zi qiziqish bildirib, Toshkentga muzokara o‘tkazish va shartnoma imzolash uchun kelgani yakuniy qarorni qabul qilishimda muhim rol o‘ynadi.

- O‘zbekiston chempionatida kam maosh sabab o‘ynamaslikka qaror qildingizmi yoki boshqa omillari ham bormi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:45, 18.08.2018.
O'qildi: 5908 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.