Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

APL. «London derbisi»da «Chelsi» g‘alaba qozondi

APL. «London derbisi»da «Chelsi» g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Angliya chempionati 2-tur markaziy uchrashuvi “Chelsi” va “Arsenal” o‘yni yakunlandi. “Stemford Bridj” o‘yingohida kechgan bahsda mezbonlar irodali g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 9-daqiqasida Pedro hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada Alvaro Morata jamoasining ikkinchi golini urdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqara olishdi. 37-daqiqada Genrix Mxitaryan hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 41-daqiqada Aleks Ivobi muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim ham xavfli hujumlarga boy bo‘ldi, biroq raqib darvozasini ishg‘ol qilish ko‘klarga nasib etdi. 81-daqiqada Markos Alonso Eden Azarning uzatmasini golga aylantirib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa, «Chelsi» ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi, «Arsenal» esa aksincha 1992 yildan keyin ilk bor APL startidagi ikki turda mag‘lub bo‘ldi.

Angliya chempionati, 2-tur

Chelsi – Arsenal 3:2

Gollar: 1:0 – 9 Pedro, 2:0 – 20 Morata, 2:1 – 37 Mxitaryan, 2:2 – 41 Ivobi, 3:2 – 81 Alonso.

Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 60), Jorjinyo, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro, Morata (Jiru, 75).

Arsenal – Chex, Papastatopulos, Monreal, Belyerin, Mustafi, Genduzi, Jaka (Torreyra, 46), O‘zil (Remzi, 68), Mxitaryan, Ivobi (Lyakazett, 75), Obameyang.

Ogohlantirishlar: Jaka (27), Mustafi (77).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:42, 18.08.2018.
O'qildi: 4562 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик