Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

La liga. «Barselona» yangi mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

La liga. «Barselona» yangi mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+2 | -

Ispaniya chempionatining ilk turida "Barselona" o‘z maydonida "Alaves" jamoasini qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mehmonlar kataloniyaliklarga ancha qarshilik ko‘rsatishdi.

Birinchi bo‘limda Messi tomonidan yo‘llangan jarima zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Bundan tashqari, "Alaves" darvozaboni Pacheko ko‘p vaziyatlarda seyv namoyish qilib, jamoasini bir necha gollardan qutqarib qoldi.

Biroq ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasida Lionel ayyorlik ishlatdi. Jarima maydonchasi tashqarisida belgilangan jarima zarbasini argentinalik futbolchi yerlatib — sakragan jonli devor osti bo‘ylab yo‘lladi. Buni kutmagan darvozabon zarbani qaytara olmadi. Bu gol "Barselona"ning La liga doirasidagi 6000-goli bo‘ldi.

Kataloniyaliklar o‘yin taqdirini ertaroq hal qilib qo‘yishlari mumkin edi. Messining jarima maydonchasi ichida bergan zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytdi. Leoning uzatmalaridan keyin Suares va Koutinyo yakkama-yakka vaziyatga chiqib borishdi. Ammo ularning zarbalarini Pacheko qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunga qaramay, o‘yinning so‘nggi daqiqalarda Valverde shogirdlari hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. Dastlab Koutinyo ikki futbolchini aldab o‘tib, aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Suaresning uzatmasidan keyin Messi raqib jarima maydonchasi ichida to‘pni ko‘kragi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi, himoyachilarni aldab, Pachekoni dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, "Barselona" yangi mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi va chepmionlik unvonini himoya qilishga kirishdi.

Ispaniya La ligasi, 1-tur
Barselona – Alaves 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 64 Messi, 2:0 – 83 Koutinyo, 3:0 – 90 Messi.
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Vidal, 85), Dembele (Artur, 77), Nelson Semedu (Koutinyo, 46), Messi, Suares.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Agirregabiria, Maripan, Mubarak, Torres (Marin, 68), Manu Garsiya, Xoni Rodriges (Baston, 68), Ibai Gomes, Sobrino (Burgi, 71).
Ogohlantirishlar: Torres (10), Maripan (41).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:17, 19.08.2018.
O'qildi: 11474 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик