Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Davron Fayziyev: «Farg‘onadagi g‘alaba «Dinamo» muxlislari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi»

Davron Fayziyev: «Farg‘onadagi g‘alaba «Dinamo» muxlislari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Istiqlol» - «Dinamo» (0:1) uchrashuvidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘yin borasida to‘xtalib o‘tdi.

- Avvalambor, butun O‘zbekiston halqini Qurbon hayiti ayyomi bilan tabriklayman. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, bugungi Farg‘onadagi g‘alabamiz “Dinamo” muxlislari uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi, deb o‘ylayman. “Istiqlol” o‘tgan turlarda peshqadam “Andijon”ni mag‘lub etganligini inobatga olsak, bu jamoaga qarshi bahs juda og‘ir o‘tishini bilardik. Futbolchilarimiz o‘yin oxirigacha kurash olib borib, deyarli tengkurashlar ostida kechgan bahsdan Samarqandga muhim g‘alaba bilan qaytishimizni ta’minlashdi. Yigitlarimiz o‘yinidan qoniqdim, kurashishdan to‘xtashmadi. O‘yin davomida bizda ham raqibda ham gol urish imkoniyatlari bo‘ldi, Xudoga shukurki, omad bizga kulib boqdi. Mavsumning ikkinchi qismidagi 3 ta o‘yinda 9 ochko olganimizdan xursandman. Ayniqsa, bizdan yuqorida bo‘lgan “Mash’al”, “Istiqlol” jamoalari bilan bahslarda g‘alaba qozonish muhim edi. G‘alabani unutib, shu yo‘sinda ishlab, maqsadimiz sari intilishda davom etamiz. Oldinda bizni qiyin bahslar kutib turibdi. So‘zim yakunida ulug‘ va muqaddas bayram bilan butun xalqimizni yana bir marta tabriklab, eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman.

 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:18, 20.08.2018.
O'qildi: 3560 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик