Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Osiyo o‘yinlari. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 3ta medal qo‘lga kiritishdi

Osiyo o‘yinlari. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 3ta medal qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Bugun, 21 avgust kuni Osiyo o‘yinlarining uchinchi kun musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Kun yakunlariga ko‘ra uch nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan o‘rin olishdi.

Og‘ir atletikaning -62kg vazn toifasida supachaga ko‘tarilgan Adhamjon Ergashev musobaqa yakuniga ko‘ra umumiy hisobda 298 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bronza medali sohibiga aylandi.

Taekvondo bellashuvlarida +67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Svetlana Osipova Eron hamda Kombodja vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalgacha yetib bordi. Final ostonasida kechgan bahsda esa u qozog‘istonlik Deniz Kaneselga yutqazib qo‘ydi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa +80kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dmitriy Shokin Hindiston hamda Iordaniya sportchilarini mag‘lub etib, finalgacha yetib bordi. Oltin medal uchun kechgan jangda esa afsuski eronlik Sayid Rajabiga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasining XVIII Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 10taga yetdi. Uchinchi kun yakunlariga ko‘ra vatanimiz sportchilari 1ta oltin, 3ta kumush va 6ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:42, 21.08.2018.
O'qildi: 4152 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик