Fransiyaning “Nant” klubi yarim himoyachisi Abdulaye Ture faoliyatini moskvaning “Lokomotiv” klubi davom ettirishi mumkin. Rossiya jamoasi 24 yoshli futbolchi uchun 13 million yevro berishga tayyor. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, Ture “Nant” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi. O‘tgan mavsum u 36 ta uchrashuvda maydonga tushgan.