Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘zbekiston bayrog‘i bir kunda ikki marta yuqoriga ko‘tarildi, medallar esa 4 taga ko‘paydi (video)

O‘zbekiston bayrog‘i bir kunda ikki marta yuqoriga ko‘tarildi, medallar esa 4 taga ko‘paydi (video)

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining 4-kungi musobaqalarida o‘zbekistonlik sportchilar ishtiroklarini yakuniga yetkazdilar.
 
Bugun, 22 avgust kuni sportchilar jami 4 ta medalni O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobiga qo‘shib qo‘ydilar. Jumladan, taekvandochi Nikita Rafalovich finalda taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreya vakili Xva Jun Li bilan to‘qnash keldi va 21:18 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.


 
Og‘ir atletika bo‘yicha Doston Yoqubovda kumush medalni qo‘lga kiritdi. U dast ko‘tarishda 145, siltab ko‘tarishda esa 186 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Umumiy hisobda esa 331 kg natija qayd etdi va ikkinchi bo‘ldi.
 
Yunon-rum kurashi sport turi bo‘yicha Rustam Assakalov finalda eronlik Nuri Hussaynga qarshi jang o‘tkazdi va 1:6 hisobida yutqazdi. Lekin shunday bo‘lsa-da terma jamoamiz uchun yana bir kumush medal naqd qilindi.
 
Yana bir yunon-rum kurashchisi Mo‘minjon Abdullayev bahslar so‘ngida biz uchun yaxshi kayfiyat taqdim etib, eng og‘ir vazn 130 kg toifasida qozog‘istonlik Nurmakan Tinaliyevga qarshi gilamga chiqdi va 8:0 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.
 
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlari musobaqasining 4-kun chiqishlari yakuniga yetdi.
 
Delegasiya 4-kun natijalariga ko‘ra, jami 14 medal bilan umumjamoa hisobida 9-o‘rinni egallab turibdi. Ro‘yxatning kuchli uchligiga Xitoy (umumjamoa hisobida 82 ta), Yaponiya (68 ta) va Janubiy Koreya (49 ta) terma jamoalari joylashgan.

Kiritildi: 20:46, 22.08.2018.
O'qildi: 6261 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.