Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Vitaliy Denisov: «Qayerga bormay, hamyurtlarim bayroq bilan oldimdan chiqishadi»

Vitaliy Denisov: «Qayerga bormay, hamyurtlarim bayroq bilan oldimdan chiqishadi»

Baho:
+ | -

Moskvaning "Lokomotiv" klubidan Samaraning "Krilya Sovetov" jamoasiga ijara huquqi asosida o‘tgan himoyachi Vitaliy Denisov yangi jamoasi safida yuqori natijalar qayd etish niyatida ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda samaraliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Birinchi mashg‘ulotda qatnashdim. Ertalab uchib kelgandim, yarim tun davomida uxlaganim yo‘q. Shu boisdan hozircha to‘la tetik holatda emasman. Tez orada jamoaga kirishib ketaman, degan umiddaman.

Jahon chempionati munosabati bilan yangi "Samara Arena" stadioni qurilganidan xursandman. Buni qayd etmasdan ilojim yo‘q. A’lo darajadagi stadion bo‘libdi, rosa chiroyli. Avvalgi holati bilan taqqoslaganda farq juda sezilarli. Bu shahar, jamoa va muxlislar uchun anchagina ijobiy holat. Muhitning bunday ekani yoqimli bo‘ladi. O‘z ovozingni eshitib o‘ynagandan ko‘ra, tribunalar to‘la stadionda to‘p surish maroqliroq.

Vatandoshlarimning meni qo‘llab-quvvatlashidan xursandman. Qayerga bormay, bir yoki ikki nafar inson bayroq bilan yo‘limdan chiqadi. Buni qanday qilishlarini bilmayman.

Jamoaning yuqori marralarga erishishiga yordam berish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman», - dedi o‘zbekistonlik himoyachi.

Yaqinda Vitaliy temiryo‘lchilar bilan 2019 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan va buning uchun maoshining qisqarishiga ham rozi bo‘lgan edi. Tajribali himoyachi Lokomotiv» safiga 2013 yili qo‘shilgan. Kelishuvga ko‘ra, u "Krilya Sovetov"da bir mavsum davomida to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Denisov O‘zbekiston terma jamoasining Ektor Kuper murabbiyligidagi ilk yig‘iniga jalb etilgan.

Manba: www.footballhd.ru
Kiritildi: 13:48, 23.08.2018.
O'qildi: 4240 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик