Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Sport kurashlari. O‘zbek qorako‘zlarining Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlari

Sport kurashlari. O‘zbek qorako‘zlarining Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlari

Baho:
+ | -

XVIII Osiyo o‘yinlarida sport kurashlari bo‘yicha musobaqlar nihoyasiga yetdi. Unda o‘zbekistonlik olti nafar sportchi shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Odatda bunday kompleks musobaqalarda terma jamoamiz uchun medallarni asosan xorijiy mamlakatlardan taklif etilgan legioner sportchilar bizga taqdim etishardi. Bunga misol sifatida Artur Taymazov, Aleksandr Dokturashvili, Soslan Tigiyev, Magomed Ibragimov kabi polvonlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.

E’tiborlisi, Jakartadagi bahslarda o‘zbek polvonlari, o‘zimizning qorako‘zlar oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo o‘yinlari g‘olibi nomiga sazovor bo‘lishdi. Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov ikkinchi marotaba Osiyo o‘yinlari chempioniga aylangan bo‘lsa, yunon-rum kurashi bahslarida ishtirok etgan Mo‘minjon Abdullayev esa faoliyatidagi ilk Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqa oldi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi birgalikda musobaqalarga mahalliy yoshlarni puxta tayyorlash, ularning sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlari uchun zamin yaratish yo‘lida so‘nggi paytlarda muayyan ishlarni amalga oshirdi. Jakartadagi Osiyo o‘yinlari esa ana shu ishlarning samarasini ko‘rsatib berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Musobaqa davomida Rustam Assakalov (kumush), Magomed Ibragimov (bronza) va Davit Modzmanashvili (bronza) kabi legioner sportchilarimiz shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsalarda, oltin medallarni aynan o‘zimizning qorako‘zlar qo‘lga kiritishgani e’tiborga molikdir.

Shuni qayd etib o‘tish lozimki, o‘z navbatida legioner sportchilarning tajribasi ham yosh polvonlarimizga qo‘l kelmoqda. Ular bilan birga o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, musobaqalar orqali bizning yoshlarimiz ham o‘z mahortlarini toblab borishmoqda. Buning samarasini Jakartadagi Osiyo o‘yinlari ham ko‘rsatib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, sport kurashlari bo‘yicha bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 6ta medal qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimizni va ularning murabbiylarini, shuningdek, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasini muborakbod etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:39, 23.08.2018.
O'qildi: 3075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.