Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining beshinchi kunida beshta medal qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining beshinchi kunida beshta medal qo‘lga kiritishdi

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining beshinchi kuni ham nihoyasiga yetdi. Bugungi bahslarda bir qator sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Kun davomida o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining beshta medaliga egalik qilishdi.

Kunning birinchi qismida akademik eshkak eshuvchilarimiz medallar dastasini qo‘lga kiritishdi. Juftlik bahslarida Shahboz Holmurzayev va Shahboz Abdujabborovlar o‘z chiqishlarida marraga birinchi bo‘lib yetib borishdi va oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. So‘ngra Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyevlardan tashkil topgan boshqa bir juftligimiz medallar uchun startga chiqishdi va ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘lishdi. To‘rtlik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz esa (Islambek Mambetnazarov, Otamurod Rahimov, Shehroz Hakimov, Zafar Usmonov) bronza medalini sport delegasiyamizga taqdim etishdi.

Taekvondo bo‘yicha -49kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan 17 yoshli sportchi qizimiz Madinabonu Mannopova musobaqa davomida Gonkong, Livan va Yaponiya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa tailandlik Panipak Vongpattanakitga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal sohibasiga aylandi.

Sport gimnastikasida afsonaviy sportchimiz, 43 yoshli Oksana Chusovitina o‘zining sevimli uslubi hisoblangan tayanib sakrash mashqlarida ishtirok etdi va yakunda ikkinchi natijani qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Umumiy hisobda sportchilarimiz bugun 1 ta oltin, 3ta kumush va 1ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Beshinchi kun yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobida 19ta medal mavjud. Vatanimiz sportchilari besh kun ichida 4ta oltin, 8ta kumush va 7ta bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishga ulgurishdi. 

Suratlar mualliflari: Anvar Ilyasov, Abdullo Fayzullayev, Ma’rufjon Asqarov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:50, 23.08.2018.
O'qildi: 6649 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.