Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo o‘yinlari. Oltinchi kunni ikkita kumush bilan yakunladik

Osiyo o‘yinlari. Oltinchi kunni ikkita kumush bilan yakunladik

Baho:
+ | -

Bugun Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining oltinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘zbekistonlik sportchilar ikkita kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.

Kunning birinchi kumush medalini akademik eshkak eshish bahslarida sakkiz kishilik ekipajimiz qo‘lga kiritdi. Alisher Yarov, Dostonjon Baxriyev, Islam Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov, Shohjahon Najmiyev, Otamurod Rahimov, Shehroz Hakimov, Zafar Usmonov hamda Anatoliy Krasnovlardan tashkil topgan jamoamiz 6:12.46 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib borishdi va kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

So‘ngra velosportning shosse yo‘nalishida 40km masofaga bo‘lib o‘tgan bellashuvda ishtirok etgan Murod Xolmurodov 57:10.52 natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va yana bir kumush medalga ega chiqdi.

Shu tariqa, oltinchi kun yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston sport delegasiyasining medallari soni 21taga yetgan. Hamyurtlarimiz shu kungacha 4ta oltin, 10ta kumush va 7ta bronza medallarini qo‘lga kiritganlar.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 00:24, 25.08.2018.
O'qildi: 2938 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик