Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Aziz Ibragimov: «Buxoro» bejizga dastlabki oltilikdan o‘rin egallamaganini isbotlaydi»

Aziz Ibragimov: «Buxoro» bejizga dastlabki oltilikdan o‘rin egallamaganini isbotlaydi»

Baho:
+ | -

Avvalgi yillardan ancha o‘zgacha tarzda o‘tkazilayotgan PEPSI Superliga bahslarida birinchi bosqich yakunlandi.

Jamoalar endi 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. Jamoalar endi o‘z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o‘tkazishadi. 

Dastlabki bosqich yakunlariga ko‘ra, “Buxoro” jamoasi kuchli oltilikdan o‘rin egalladi va endi Superliga ikkinchi bosqichida yuqori o‘rinlar uchun bahslarga kirishadi. Buxoroliklar yetakchilaridan biri Aziz Ibragimov PFL rasmiy saytiga birinchi bosqich yakunlari va chempionatning hal qiluvchi bosqichidan nimalar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.

- Joriy mavsum oldingilaridan ancha o‘zgacha o‘tyapti. Chempionatimizda jamoalar o‘rtasidagi kurash va raqobat ancha ortdi, saviya esa ancha tenglashdi. Zero har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri kelyapti. Shu sababdan Superliga ancha qizg‘in davom etayotganini ta’kidlay olaman. 

Bunda o‘yin atrofidagi tashkilotchilik, muxlislarni stadionlarga jalb etish uchun qilinayotgan turli xil aksiyalarni ham salmoqli o‘rni bor. O‘yin oldi tadbirlar va qiziqarli aksiyalarni muntazam ravishda o‘tkazib borish kerak, deb o‘ylayman. Shunda yanada ko‘proq ishqiboz stadionga keladi. Stadionga kelish imkoni bo‘lmaganlar esa o‘yinlarni TV orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishyapti.  Bu ham oldinga qo‘yilgan qadam.

Mavsum avvalidanoq bizning jamoa kuchli oltilikka kirib, yakunda medallar uchun kurashishni maqsad qilgan edi. Biz oldimizga qo‘yilgan vazifani bajara oldik. Lekin shuni alohida ta’kidlashim kerakki, dastlabki oltilikdan joy olish oson bo‘lgani yo‘q.

Endi oldinda hal qiluvchi bosqich turibdi. Superliganing ikkinchi bosqichida ham “Buxoro” jamoasi mazmunli o‘yin ko‘rsatishga urinadi. Biz bejizga dastlabki oltitalikdan o‘rin egallamaganimizni ishonchli o‘yinlarimiz bilan isbotlaymiz va muxlislarimizga chiroyli g‘alabalar tortiq etishga harakat qilamiz, - dedi mahoratli futbolchi.  

"Buxoro" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:24, 26.08.2018.
O'qildi: 2305 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.