Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Oksana Chusovitina: «Osiyo o‘yinlaridagi medalimni mamlakatimiz Prezidentiga bag‘ishlayman»

Oksana Chusovitina: «Osiyo o‘yinlaridagi medalimni mamlakatimiz Prezidentiga bag‘ishlayman»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Bir necha kun oldin o‘zbek sporti afsonasi, Olimpiya o‘yinlarining yetti karra ishtirokchisi Oksana Chusovitina sport gimnastikasining tayanib sakrash bahslarida kumush medal sohibasiga aylandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Oksana Chusovitina bilan suhbat uyushtirdi.

-Bilasizmi, musobaqaga tayyorgarlik jarayoni juda qattiq o‘tdi. Bu kumush men uchun oltinga teng. Shohsupada ikkinchi bo‘lib turibmanki, demak hali qiladigan ishlarim bor. Xatolarni to‘g‘irlab, oldinga qarab harakat qilishim kerak. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Sizning qanday tayyorgarlik ko‘rganingizni musobaqa va uning yakuniy natijasi ko‘rsatib beradi.

-Raqiblaringizga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular 16-17 yoshda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ularga qarshi kurashish qiyin bo‘lmaydimi?

-Raqiblarimning yoshiga xech qachon ahamiyat bermayman. Men o‘zim tayyorlagan mashqlarni ko‘rsatib beraman. Unga hakamlar baho berishadi. Barchasi siz mashqni qanday bajarishingizga bog‘liq.

- Siz O‘zbekiston terma jamoasi safida ko‘plab kompleks musobaqalarda ishtirok etgansiz. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari qolgan musobaqalardan nimasi bilan farq qilmoqda? Umuman, tashkiliy masalalar haqida nima deya olasiz?

-Tashkiliy tomonlama… Buni muhokama qilishimiz shart emas. Chunki, barcha sportchi bir hil sharoitda chiqish qiladi. Kimdir ajratib qo‘yilmagan. Barcha bir hil xonalarda yashaydi, bitta joyda ovqatlanadi, bitta joyda mashg‘ulotlar olib boradi. Muhimi, musobaqaga chiqib, oxirigacha kurashish lozim.

-Siz yettita Olimpiadada ishtirok etgan jahondagi yagona gimnastikachi hisoblanasiz. Aynan shu sababli ham sizni «Ginnes rekordlari» kitobiga kiritishgan, shuningdek, xalqaro gimnastika federasiyasining «Shon-sharaf zali»dan ham o‘rin olgansiz. E’tiborlisi, siz faoliyatingizni tugatmay turib ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldingiz. Bu muvaffaqiyatlardan qay darajada fahrlanasiz va ular sizga qay darajada kuch bera oladi?

-Men bundan juda fahrlanaman. Ushbu muvaffaqiyatlarga O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib erishganman. Vatanimga qaytib, mamlakatimiz nomidan musobaqalarda ishtirok etishni uzoq vaqt kutdim. Mening katta orzuim bor. Men aynan shu maqsad sari olg‘a boryapman. Barcha mendan so‘raydi: «Sen nima uchun haliyam musobaqalarda ishtirok etasan, bunga qandaydir motivasiya bormi?». Bunga doimo bir hil javob beraman. Menda hali ushalmagan bir orzuim va maqsadim bor. Unga erishishni juda-juda istayman. Yettita Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bo‘lsamda, O‘zbekiston uchun medal yutib bera olmaganman. Vatanim uchun Olimpiada medalini taqdim etish mening eng asosiy maqsadimdir. Olimpiadada sovrindor bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

-Oksana, ushbu Osiyo o‘yinlarini siz uchun Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichi desak bo‘ladimi? O‘sha paytda ham O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘lasizmi?

-Bilasizmi, har bir musobaqada biz raqiblarimizni o‘rganamiz, ularning harakatlarini kuzatamiz, qattiq tayyorgarlik ko‘ramiz. Men o‘z holatimga doimo real baho beraman. Shu yilning noyabr oyidan Olimpiya o‘yinlari uchun saralash musobaqalari, ya’ni Jahon kubogi bosqichlari boshlanadi. O‘sha musobaqalar orqali biz reyting ochkolari to‘plab boramiz. O‘z oldimga maqsad qo‘ydimmi, uni albatta amalga oshiraman. O‘tgan yili dekabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan uchrashgandim. U shunday so‘zlarni aytdiki, men yanada ruxlanib ketdim. Respublikamiz rahbari meni kuzatmoqda, menga muxlislik qilmoqda. Ushbu ishonchni oqlash, men bilan fahrlanishlari uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ushbu medalimni aynan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlayman va ularga kattadan-katta rahmat aytib qolaman.

-Faoliyatingizni yakunlagandan so‘ng murabbiylik qilish haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?

-Hali yana ikki yil bor. Bu gimnastikachi uchun juda katta vaqt. Men O‘zbekistonda gimnastika yanada rivojlanishini, yuqori saviyaga ko‘tarilishini va bunga o‘z hissamni qo‘shishni judayam istayman. Bizda bir necha yildan so‘ng katta arenalarga chiqa oladigan ko‘plab yoshlarimiz bor. Shuning uchun, men murabbiy va yoshlarga o‘z tajribamni, maslahatlarimni berib boraman.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:00, 26.08.2018.
O'qildi: 3353 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик