Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Osiyo o‘yinlari. Janubiy Koreyaga yana yengildik

Osiyo o‘yinlari. Janubiy Koreyaga yana yengildik

Baho:
+ | -

Osiyo o‘yinlari chorak final O‘zbekiston va Janubiy Koreya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahchs vakillarimizning mag‘lubiyati bilan yakun topdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan jamoalar hujumkor o‘yin ko‘rsatishdi. O‘yinning 5-daqiqasiga kelib Janubiy Koreyaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Goldan so‘ng Ravshan Xaydarov shogirdlari hujumkorlikni oshirishdi natijada 17-daqiqada Doston Xamdamovning pasini Masharipov golga aylantirdi. Biroq uchrashuvning 35-daqiqasida yana o‘sha Xvang gol urib koreyaliklarni oldinga olib chiqdi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limni terma jamoamiz ancha faol boshladi. O‘yinning 53-daqiqasida Ikrom Aliboyev darvozabonning oyoqlari orasidan to‘pni darvozaga yo‘llab qo‘ydi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Aliboyev o‘zining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi.

Uchrashuvning 75-daqiqasida yana o‘sha 16-raqamdagi Xvang hisobni tengalashtirdi. O‘yinning asosiy vaqti shu tariqa yakunlandi. Jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

Qo‘shimcha bo‘limlarning ilk 15-daqiqaligida hisob o‘zgarmadi. Terma jamoamiz a’zosi Ikrom Aliboye ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘limning so‘ngi daqiqalarida hakam terma jamoamiz darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda himoyachimiz to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topildi. Koreyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirib uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Shunday qilib, O‘zbekiston OTJ o‘z yurishini chorak finalda yakunladi.

Futbol. 1/4 final

Osiyo o‘yinlari, 1/4 final

O‘zbekiston OTJ - Janubiy Koreya OTJ 3:4

Gollar: J.Masharipov (17), I.Aliboyev (53, 56) - Xvang (5, 35, 75), Xvang Xi Chan (118)

Hakamlar: Al Xoish Muhammad Xolid (Saudiya Arabistoni), Ali Ubaydi Haydar Abdulhasan (Iroq), Al Hikmani Rashad Rashid Said (Ummon), Shaban Ali (Kuvayt). 

O‘zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6. Jaloliddin Masharipov (Andrey Sidorov, 120), 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabixillo O‘rinboyev (16.Doniyor Narzullayev, 113), 10. Javohir Siddiqov (18.Xurshid G‘iyosov, 85), 14. Ikromjon Aliboyev, 17.Dostonbek Hamdamov (11.Bobir Abdixoliqov, 68), 20. Dostonbek Tursunov. 

Janubiy Koreya: 1.Song Bum Kun, 2.Xvang Xyun Su, 3.Kim Min Jae, 4.Kim Jin YA, 6.Kim Mun Xvan, 7.Son Xon Min, 10.Xvang In Bom, 11.Na Sang Xo (9.Xvang Xi Chan, 46), 14.Jang Yun Xo (8.Li Jin Xu, 22), 15.Li Song Mu (17.Li Song Vu, 61), 16.Xvang Ui Jo. 

Ogohlantirishlar: Dostonbek Hamdamov 42, Rustam Ashurmatov 65, Ikrom Aliboyev 84, Kim Min Jae 105, Xvang Xi Chan 118. 

Chetlatish: Ikrom Aliboyev 100.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:47, 27.08.2018.
O'qildi: 17834 marta.
Fikrlar: 75 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.