Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Osiyo O‘yinlari-2018. O‘zbekistonning «oltin»lari 10taga yetdi!

Osiyo O‘yinlari-2018. O‘zbekistonning «oltin»lari 10taga yetdi!

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo O‘yinlarining navbatdagi o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli boshlandi.

Dzyudoning erkaklar o‘rtasidagi eng yengil — 60 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek O‘rozboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz dastlab hindistonlik Vijay Kumar Yadavni 1:47 daqiqada "ippon" bilan mag‘lub etdi. Chorak finalda taypeylik Yang Yung Veyga qarshi jang qiyinroq kechdi. Avvaliga raqib dzyudochisi "vazari" ishlagan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmasdan Diyorbek shunday baho bilan hisobni tenglashtirdi. Bellashuv tugashiga yarim daqiqa qolganida vatandoshimiz yana bir "vazari" ishladi va jangni muddatidan avval g‘alaba bilan yakunladi.

Yarim final jangi yanada qiyin kechdi. Bahsning asosiy vaqtida hisob ochilmagan bo‘lsa, "golden score"da O‘rozboyev o‘z uslubida "vazari" ishladi va finalga yo‘l oldi. Yaponiyalik Toru Shishimega qarshi bellashuv ham shunga o‘xshash bo‘ldi. To‘rt daqiqalik asosiy vaqtda hisob ochilmagach, qo‘shimcha bo‘limlarda Diyorbek yana bir shunday uslub bilan raqibining bir yelkasini gilamga tegizdi. G‘alaba! Oltin medal!

Ushbu "oltin" tufayli O‘zbekiston delegasiyasining yuqori probali medallar soni 10taga yetdi va jadvalda Hindistondan o‘tib ketib, 8-o‘ringa  ko‘tarilib oldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:26, 29.08.2018.
O'qildi: 4849 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.