Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

MOQ Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizni ruxlantirishda davom etadi

MOQ Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimizni ruxlantirishda davom etadi

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari qizg‘in davom etmoqda. Shu kungacha o‘yinlarning o‘n bir kuni ortda qoldi. Hamyurtlarimiz musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.

Sir emaski, Osiyo o‘yinarida milliy sportimiz hisoblangan kurash bo‘yicha bellashuvlar ilk marotaba tashkil etildi. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar ikki kun ichida to‘qqizta medal, jumladan 4ta oltin, 1ta kumush va 4ta bronza medallariga ega chiqishdi. Ertangi kun bahslarida yana 2ta vazn toifasida 4 nafar polvonimiz medallar uchun kurash olib borishadi.

Shuningdek, bokschilarimiz ham yo‘qotishlarsiz sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirishmoqda. Bugun yakunlangan chorak final janglaridan so‘ng charm qo‘lqop ustalarimizning barchasi shohsupadan o‘rin egallashi aniq bo‘ldi.

Qolaversa, bugun dzyudochilarimiz Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroklarini muvaffaqiyatli boshlashdi. Diyorbek O‘rozboyev dzyudo bo‘yicha bahslarning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘z navbatida Milliy olimpiya qo‘mitasi yuqorida qayd etilgan sport turlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan hamyurtlarimizni ruhlantirish, ularning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida maxsus tayyorlangan eksklyuziv soatlarni ularga taqdim etdi. O‘z navbatida maxsus qo‘l soatlari sportchilarimizga manzur keldi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining 11 kuni yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar 45ta medalga ega bo‘lib turishibdi. Oldinda yana uch kun borligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu son yanada ortishi aniq.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 01:49, 30.08.2018.
O'qildi: 3319 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик