Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Osiyo o‘yinlari. Bugun oltin ololmadik, ammo...

Osiyo o‘yinlari. Bugun oltin ololmadik, ammo...

Baho:
+1 | -

Bugun, 31 avgust kuni Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘n uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar jami 4 ta bronza medal qo‘lga kiritishdi. Oltin yoki kumush medallar bugun kuzatilmadi. 

Dzyudo bo‘yicha Sherali Jo‘rayev bronza medali uchun o‘tkazilgan bahsda BAA vakili Ivan Remarenkoni mag‘lub etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi. 

Yana bir dzyudochi Bekmurod Oltiboyev bronza medali uchun jangda eronlik Javod Mahjub ustidan g‘alaba qozonib, navbatdagi bronza medalga ega chiqdi. 

Sambo bo‘yicha ham xuddi shuncha medal delegasiya hisobiga qo‘shildi.

Nodira Gulova bronza uchun bahsda boshqa bir sportchimiz Madina Turg‘unboyevani mag‘lub etib, medalga sazovor bo‘ldi. Erkak sambochi Ahmad Rahmatilloyev tojikistonlik raqibidan ustun kelib, bronza egasiga aylandi. 

Ammo bugun yarim final bosqichida jang o‘tkazgan barcha bokschilar ertaga musobaqa finalida ringga ko‘tariladilar. Bokschilardan faqat oltin medallar kutamiz.

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobiga Osiyo o‘yinlaridagi o‘n uchinchi kunida 4 ta bronza medal “+” qilindi. Umumiy medallar soni 57 taga yetdi. Ularning 15 tasi oltin, 19 tasi kumush va yana 23 tasi bronza hisoblanadi. Sport terma jamoamiz umumiy ro‘yxatda bir pog‘ona pastlab, 7-o‘rinni band etdi. 

Ro‘yxatning kuchli uchligini yana Xitoy (263 ta medal umujamoa hisobida), Yaponiya (189) va Janubiy Koreya (160) band etdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:32, 31.08.2018.
O'qildi: 5834 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик