Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Shoxruz Norxonov: «Ikkinchi bosqichda oldimizda jiddiy vazifalar turibdi»

Shoxruz Norxonov: «Ikkinchi bosqichda oldimizda jiddiy vazifalar turibdi»

Baho:
+ | -

Superliga birinchi bosqich bahslari yakuniga yetdi va endilikda jamoalar 6 tadan 2 guruxga bo‘lingan holda bahslarni davom ettiradi.

“So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Shoxruz Norxonov birinchi bosqich yakunlari va jamoasi ikkinchi bosqichga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Ilgari 16 ta jamoalar bilan kuch sinashar edik. Bu yil esa Superligada 12 ta kuchli jamoa qolgan va ularning 2 ta kuchli 6 talikka ajrilishi jamoalar o‘rtasida raqobatni kuchaytirdi. Menimcha hozirgi chempionat formati o‘tgan yilgidan ancha qiziqarli tus oldi.

Chempionat boshida har bir ochko uchun jon-jahdimiz bilan kurashdik. Lekin bu – futbol. Hozir 11-o‘rinda bo‘lsak-da, oldinda hali 10 ta o‘yin bor. Biz ulardan foydalanib 7,8-o‘rinlar uchun kurashamiz.

Aslida chempionat boshida kuchli 6 talikka kirishni maqsad qilgan edik. Har bir jamoa ochkolar uchun kurashdi. Birinchi bosqichda qila olmagan ishlarimizni endi ikkinchi bosqichda uddalaymiz, degan umiddaman. O‘yda ham, safar o‘yinlarida ham faqat g‘alaba uchun kurashib, rahbariyatimiz va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Maqsadmiz hozirgi holatmizdan yuqorilash va uddalay olmagan ishlarimizni ikkinchi bosqichda uddalash.

Qur’a tashlanganidan so‘ng raqiblarni bilib oldik va hozir asosiy vazifamiz 13 sentyabrda o‘tkaziladigan “Qizilqum”ga qarshi bahsga jiddiy hozirlik ko‘rishdir. Maqsadimiz – “Qizilqum”ni mag‘lub etish. Ikkinchi bosqichni birinchi o‘yindanoqg‘alaba bilan boshlashni maqsad qilyapmiz.

Shu fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan O‘zbekiston Respublikasining 27 yillik Mustaqillik bayrami bilan yurtdoshlarmizni muborakbod etaman. Hammani xonadoniga tinchlik-totuvlik, baxt-omad tilaymiz. Ikkinchi bosqichda barcha jamoalarga omad tilayman, - dedi mahoratli futbolchi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 20:54, 02.09.2018.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.