Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

La liga. «Barselona» «xokkeycha» hisobda g‘alaba qozondi

La liga. «Barselona» «xokkeycha» hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Barselona" klubi o‘z maydonida "Ueska"ni qabul qildi.

Liga debyutanti uchrashuvning 3-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg‘ol qilib, mezbonlarning jahlini chiqarib yubordi. Dastlab Messi birgina fint orqali raqibning butun himoya chizig‘ini dog‘da qoldirdi va o‘ng oyoqda zarba berib, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Albaning uzatmasini "Ueska" himoyachisi o‘z darvozasiga burib yubordi. Bo‘lim so‘ngida Luis Suares "Barsa"ning uchinchi golini urgan bo‘lsa, tanaffus arafasida mehmonlar hisobni 3:2 ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi.

Tanaffusdan keyin esa debyutant jamoa kataloniyaliklarga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmadi. Natijada "ko‘k-anorranglilar" ikkinchi bo‘limda yana beshta gol urishdi va hisobni 8:2 ko‘rinishga keltirishdi. Messi va Suares dublni rasmiylashtirishgan bo‘lsa, Dembele, Rakitich va Alba o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishdi.

Mazkur yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng "Barselona" o‘z ochkolarini 9taga yetkazdi hamda to‘plar nisbatiga ko‘ra jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 3-tur
"BARSELONA" - "UESKA" 8:2 (3:2)
Gollar: 0:1 – 3 Ernandes, 1:1 – 16 Messi, 2:1 – 24, avtogol Pulido, 3:1 – 39 Suares, 3:2 – 42 Aleks Galyar, 4:2 – 48 Dembele, 5:2 – 52 Rakitich, 6:2 – 61 Messi, 7:2 – 81 Alba, 8:2 – 90, penalti Suares.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serji Roberto, Umtiti (Langle, 65), Rakitich (Vidal, 71), Buskets (Artur, 76), Koutinyo, Dembele, Messi, Suares.
Ueska – Verner, Pulido, Luizinyu, Miramon, Echeyta, Melero, Musto, Gomes, Aleks Galyar (Ruben Semedu, 65), Longo (Gyurler, 58), Ernandes (Avila, 72).
Ogohlantirishlar: Luizinyu (26), Musto (87), Vidal (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:22, 02.09.2018.
O'qildi: 10187 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик