Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga-2018. Birinchi bosqich yakunlari: kim eng yaxshi kiper?

Superliga-2018. Birinchi bosqich yakunlari: kim eng yaxshi kiper?

Baho:
+ | -

Milliy chempionatimizning dastlabki qismida 12ta klub jami 26 nafar darvozabon xizmatiga ehtiyoj sezdi. Dilshod Hamroyevning 2ta jamoa safida maydonga tushganini alohida ta’kidlash joiz.

Xullas, 132ta o‘yinda muxlislar 26 nafar golkiper harakatiga guvoh bo‘lishdi. Umuman olganda, Superliga doirasidagi 13ta o‘yinda darvozabonlar birorta gol qo‘yib yuborishmadi - 0:0.

Naq 59ta uchrashuvda esa kiperlar o‘z darvozalaridan 1 marta to‘p olib chiqishdi. 12ta klubdan 2tasi butun bosqich davomida yagona golkiperga tayandi.

Qisqasi, hozircha 2 nafar darvozabon Superliga bahslarida to‘liq 100 foiz qatnashdi.

«Paxtakor»(12ta gol qo‘yib yubordi)

Chempionatning ilk bosqichini peshqadam sifatida yakunlagan jamoa murabbiylari 22ta o‘yinda ham Eldor Suyunov mahoratiga ishonch bildirishdi. Muhimi, Aleksandr Lobanovni zaxiraga «mixlab» qo‘ygan terma jamoamiz kiperi bu ishonchni to‘la oqadi.

Zero, «Paxtakor» o‘z darvoqasidan eng kam to‘p olib chiqqan jamoa bo‘lib turibdi. Demak, Eldor 11ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minladi (7ta uy uchrashuvi va 4ta safar bahsida).

O‘rtacha hisobda aytsak, Suyunov 1ta o‘yinda 0,55ta gol qo‘yib yuboryapti yoxud har 165 daqiqada. Ajoyib ko‘rsatkich va shuni nazarda tutsak, Eldor ayni payt milliy jamoamiz uchun birinchi raqamli nomzoddir.

«Navbahor»(18ta gol qo‘yib yubordi)

Namangan jamoasining Superligada himoyasi mustahkam ikkinchi yaxshi jamoa bo‘lganida, ayniqsa, Botirali Ergashev muhim rol bajardi.  Qarang, olimpiya terma jamoamiz kiperi Superliga doirasidagi 12ta o‘yinda maydonga tushib, ulardan 7tasida gol qo‘yib yubormadi. O‘rtacha statistikasi ham zo‘r: 1ta o‘yinda -0,66ta gol (135 daqiqada 1ta gol).

Botiralining asosiy o‘rinbosari Akbar To‘rayev ham chakki emas: u 9ta o‘yinda 10ta gol qo‘yib yubordi, xolos. Transferlar bozori vaqti «So‘g‘diyona»dan «Navbahor»ga o‘tgan Dilshod Hamroyev esa hozircha 1ta o‘yinda ishtirok etdi va unda darvozasini daxlsiz saqladi. 

«Qo‘qon-1912» (20ta gol qo‘yib yubordi)

Ha, Superliganing ilk bosqichida eng kam gol qabul qilgan 3ta jamoadan biri bo‘lgan «Qo‘qon-1912» endi kuchlilar qatorida qolish uchungina kurashadi, xolos. No‘’mon Hasanovning ishongan kiperi O‘tkir Yusupov 22ta o‘yinda to‘liq vaqt harakatlanib, ulardan 6tasini «quruq» o‘tkazdi.

Deylik, O‘tkir oxirgi 4ta bahsda faqat ikkinchi bo‘limda 1tadan gol qo‘yib yubordi. Umuman olganda, bu darvozabon joriy mavsum naq 13ta o‘yinda atigi 1 martadan ojiz qoldi.  O‘rtacha statistikasi: 1ta o‘yinda 0,90ta gol (har 99 daqiqada 1ta).

«Lokomotiv»(21ta gol qo‘yib yubordi)

Ignatiy Nesterov statistikasi «Qo‘qon-1912» kiperiniki bilan teng, hisobi. Bitta farqi shuki, milliy jamoamiz darvozaboni orada 1ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shuningdek, unda «quruq» o‘yinlari soni ham kamroq - 5ta. Ignatiyning o‘rinbosari - Ma’mur Ikromov esa 1ta bahsda to‘liq vaqt harakatlanib, 1ta gol qabul qildi. Demak, unda «quruq» o‘yin yo‘q.

«Bunyodkor»(26ta gol qo‘yib yubordi)

Mirjalol Qosimov 22ta tur mobaynida Murod Zuhurov va Suhrob Sultonovga teppa-teng imkoniyat berdi - 11tadan o‘yin. E’tiborlisi, ular shu uchrashuvlarda teng miqdorda gol qo‘yib yuborishdi - 13tadan. Shunday ekan, «Bunyodkor» golkiperlarini saviya bobida bir-birlariga munosib raqobatchi sifatida ta’riflash mumkin. To‘g‘ri, «quruq» o‘yinlarda ozgina farq bor: Zuhurov 3ta, Sultonov esa 1ta bahsda raqiblarga to‘p kiritish imkonini bermadi.

«Buxoro»(28ta gol qo‘yib yubordi)

«Buxoro»ning asosiy posboni Asilbek Omonov jami 7ta o‘yinni «quruq» o‘tkazdi. To‘g‘ri, u 11 may kuni «Lokomotiv»ga qarshi bahsda 3ta gol qo‘yib yuborganidan keyin ikkinchi davrada atigi 2 marta maydonga tushdi. Umid qilamizki, Asilbekda qat’iyat yo‘qolib qolmagan.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 03.09.2018.
O'qildi: 4878 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.