Tajribali yarim himoyachi Klaudio Markizio faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettiradi. Futbolchi “Zenit” safiga borib qo‘shildi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda. Futbolchi yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Markizio erkin agent maqomida borib qo‘shildi. Avval, u “Yuventus” safida to‘p surgan.