Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Lopetegining yangi «Real»i

Lopetegining yangi «Real»i

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy terma jamoasini Rossiyada o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati boshlanishiga 1 kun qolganda, lavozimini noihtiyoriy tarzda tark etgan Xulen (YUlen) Lopetegi dunyoning eng nomdor jamoalaridan biri “Real” Madridda yangi shartnoma bilan kutib olindi. Ispaniya terma jamoasidan ketish unchalik chiroyli bo‘lmadi bu murabbiy uchun. Peres bobo qop-qop pul va’da qilganda har qanday murabbiy ham rad javobini berishga qiynalishini ko‘p bora ko‘rganmiz. Lopetegi esa shoshib qoldi va “Real” bilan tuzilgan shartnomani Jahon chempionati tugagach e’lon qilinglar degan gapni aytishga ulgurmay qoldi, chog‘i. Aslida bu professional murabbiylar va futbolchilar, bir jamoani tark etishdan oldin boshqa bir jamoa bilan og‘zaki kelishuvlarga erishsalarda, buni amaldagi jamoani tark etmaguncha ommaga oshkor qilishmasdi. Xulenning futbol olamidagi hamin qadar obro‘sini, Peres boboning qo‘rqmay OAVga “Zidan bo‘lmasa boshqasi” qabilida qilgan harakati yanayam uning nomi haqida ijobiy bo‘lmagan fikrlar shakllanishiga olib keldi.

Xo‘sh, bu murabbiy kim o‘zi?! U qanday qilib “Real” postiga kelib qoldi?! Shuncha mashhur murabbiylar turganda, hali tayinli natijaga erishmagan, bisotida biror nomdor kubok bo‘lmagan murabbiyni “20 asrning eng yaxshi futbol klubi”ga olib kelishdan maqsad nima edi?!

La Liga start oldi. Jamoalar 3-turni kuni kecha yakunlashdi. Madrid jamoasi chempionat startidan oldin shaharning boshqa bir jamoasi bilan Yevropaning yana bir sovrini uchun bo‘lgan bahsda ham maydonga tushdi. Lopetegining “Real”iga qarab bir narsani aniq aytish mumkin: MINI ISPANIYA TERMA JAMOASI! Ko‘plab paslar, to‘pni o‘zida ushlab turish. “Real” muxlislari xafa bo‘lishmasinu, qaysidir nuqtalarda bu o‘yin turi menga “Barselona”ning o‘yinlarini eslatib yuboryapti.

Zidanning “Real”ida markazni ko‘pincha 3 yarim himoyachi egallardi. Ulardan biri to‘liq himoyaga qarashsa bir maydon markazida qolgan uchinchi asosan Modrich hujumni boshlash vazifalarini bo‘lib olishgandi. Qanotlar asosan qanot himoyachilarining, ya’ni Marselo va Karvahalning hujumda qatnashishlari evaziga yarim himoyada balans hosil bo‘lardi. Lopetegining 4 o‘yinda ko‘rsatgan o‘yinda, biz ikki markaziy yarim himoyachilarni ko‘ryapmiz. Ularning biri raqib hujumini qaytarishga ikkinchisi esa, hujum qaytganda hujumni boshlashga harakat qilyapti yoki minimal talab to‘pni o‘zida ushlab turish. To‘g‘ri, mavsum endi boshlandi, balki bu mavsum boshidagi aldovchi manevrdir, ammo kimsan Chempionlar Ligasining oxirgi 3 mavsumi g‘olibining o‘yin uslubi haqida gap ketyapti. Demak, bu variant chetga chiqadi. Shunisi diqqatga sazovorki, Lopetegi o‘z o‘yin falsafasini futbolchilarga tushuntira olyapti. Gap boshida bekorga, “Real”ni mini Ispaniya termasiga o‘xshatmadim. U negadir ispan futbolchilariga yon bosayotgandek. Jahon chempioni Rafayel Varanning UYEFA superkubogida qilgan birgina xatosi uchun, u hozir zaxiradi. Maydonda Nacho! Bu birgina misol bo‘lsa-da, ammo yetarlicha mushohada chorlaydi?! Qo‘lingizda Jahon Chempioni va Nacho. Kimni tanlaysiz?!

Shaxsan meni, Nachoning maydonda Varan o‘rnida o‘ynayotganidan ko‘ra, futbol olamida kamyob bo‘lmish “dirijer”lik bilan shug‘ullanadigan Modrichning kayfiyatsiz o‘yinni zaxiradan kuzatayotgani. OAVda Modrich “Real” safiga kechroq kelgani aytilyapti. Shu sabab tushmayotgan emish. Xorvatiyaning JCH-2018 qilgan ishlarida Modrichning o‘rni qanday ekanini futbol muxlislariga tushuntirish men uchun uyat! Lekin unga nega joy yo‘q?! Modrichgaya?!

Hujum chizig‘ida alohida mavzu. Beyl va Benzema gol urishyapti. Jamoa 4 o‘yinda ham gol urdi, 3 tasida g‘olib bo‘ldi, birida mag‘lub. Ammo “Real”ning o‘yinini oxirgi 9 yildan beri kuzatayotganlar biladi, ular negadir g‘oyasiz harakatlanayotgandek. 9 yil Ronalduga to‘p oshirildi, undan qolganlarini Benzema, Beyl va qolgan futbolchilar bo‘lib olishardi. Endi Ronaldu yo‘q, ular to‘pni tepishmoqda, ammo hujumdagi yakdillik, biz o‘rgangan bir g‘oya atrofida birlashish ko‘rinmayapti.

Lopetegi uchun yanvargacha bo‘lgan muhlat juda og‘ir kechadi. “Real” “Arsenal” emaski, jamoa murabbiyiga qachondir yutgan kubogi uchun tinimsiz shartnoma taklif qilaversa. Bu gapimdan “Arsenal” muxlislarini ranjitish niyatim yo‘q, shunchaki “Los blankos” rahbariyatida sabr degan narsa juda juda kam. Oxirgi 10 yil ichida almashib ketgan 15 dan ortiq murabbiylar gapimning isboti.

Xullas, yanvar oyida Lopetegining “Real”ini asl g‘oyasini tushunsak kerak! U hayotidagi eng muhim yilda. Yo obro‘ oladi, yoki u ham Peres boboni TV dan tomosha qiladi.

Yanvargacha...

Behruz Ali.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:29, 04.09.2018.
O'qildi: 10201 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.