Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sohil futboli: Mamlakat chempionatida o‘n to‘rtta jamoa

Sohil futboli: Mamlakat chempionatida o‘n to‘rtta jamoa

Baho:
+ | -

Bundan o‘n yillarcha oldin O‘zbekistonda ilgari kuzatilmagan sohil futboliga tamal toshi qo‘yilgandi. Odatda dengiz yoki okean qirg‘oqlarida, tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan futbolning bu ko‘rinishi mamlakatimizda katta suv sohilida bo‘lmasada, kichik, sun’iy ko‘l bo‘yida – “Geolog” sport majmuasi hududidagi cho‘milish xavzasi yonginasida, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining o‘sha yillardagi sportsevar rahbarlari tashabbusi bilan ixchamgina sohil futboli maydonchasi barpo etildi. Qisqa muddatda u yerda mamlakat miqyosidagi musobaqalar o‘tkazila boshlandi. Ayollar va erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati va Kubogi turnirlari katta tayyorgarlik bilan tashkillashtirilar, unda Respublika bo‘yicha o‘ndan ziyod jamoalar ishtirok etardi. Bu tashabbus besh-olti yil davom ettirildi. Nima bo‘ldiyu, barchasi barham topdi.

Oradan yana besh yil o‘tib, bqachonki O‘zbekiston futboli assosiasiyasida islohotlar boshlangach, bu yil mazkur sport turi yana “nafsa ola” boshladi. Yodingizda bo‘lsa, bundan bir oy muqaddam mazkur maydonda O‘zbekiston Kubogi musobaqasi o‘tkazilgan, o‘n ikkita jamoa ishtirok etgan rasmiy turnirda Buxoroning “Kogon” jamoasi bosh sovrin sohibi bo‘lgandi. Mana, endi navbat mamlakat chempionatiga keldi.

Kubok o‘yinlarida uch vilotyadan jami o‘n ikkita jamoa qatnashgandi, bu galgi bahslarda esa to‘rt viloyat vakillaridan iborat o‘n to‘rtta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. Bular,

“A” guruhi – “Adolat” (Qashqadaryo viloyat xavfsizlik xizmati xodimlari), “Mash’al” (Pro-ligadagi “Mash’al” futbol akademiyasi murabbiylari), “Binokor” (Qashqadaryo birinchiligi ishtirokchisi), “Huquq” (Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari).

“V” guruhi – “Olimpiya” (Jizzax viloyati olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy va tarbiyalanuvchilari), “Olimpiya” (Qarshi sport zaxiralari kolleji murabbiylari), “Lokomotiv” (Qarshidagi shu nomdagi sport klubi), “Nasaf” (Superligadagi “Nasaf” futbol akademiyasi murabbiylari).

“S” guruhi – “Kogon-2” (Buxoro viloyati Kogon shahridagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari), “Nishon” (shu tumanning viloyat birinchiligi qatnashchisi), “Koson” (shu tumanning viloyat birinchiligi ishtirokchisi),

“D” guruhi - “Samarqand” (Samarqand viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar murabbiylari terma jamoasi), IBO‘SM (Qarshidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiylari), “Oq oltin” (G‘uzor tumani viloyat birinchiligi ishtirokchisi).

Kecha start olgan chempionatda quyidagi natijalar qayd etildi:

“Adolat” – “Huquq” – 3:1

“Mash’al” – Binokor” – 2:3

“Jizzax” – “Nasaf” -+:-

“Olimpiya” (Qarshi) – “Lokomotiv” – 4:1

“Nishon” – “Koson” –4:4. P.b. 0:2

IBO‘SM – “Oq oltin” – 5:4

“Mash’al” – “Huquq” – 3:3. P.b.1:0

“Adolat” - “Binokor” – 5:2

“Olimpiya” (Jizzax) – “Lokomotiv” – 5:0

“Olimpiya” (Qarshi) – “Nasaf” - +:-

“Samarqand” – IBO‘SM – 4:3

“Nishon” – “Kogon -2” –-:+


Ramziy ma’noda musobaqa mezbonlari – Nasaf” jamoasi ketma-ket ikkita o‘yinga kelmagani uchun musobaqadan chetlashtirildi. Dastlabki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani davom ettirish imkoniyatlari pasayib ketgan “Nishon” jamoasi ham ikkinchi o‘yinga kelmaslikni ma’qul topishdi va ularga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Guruh o‘yinlari bugun yana davom ettiriladi. Ertaga chorak fa yarim finla uchrashuvlari o‘tkazilsa, 7 sentyabr kuni uchinchi o‘rin va final o‘yinlari tashkil etiladi. G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar va maxsus Kuboklar bilan taqdirlanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:11, 05.09.2018.
O'qildi: 2836 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.