Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 0-0 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Ektor Kuper: «Yana aytaman, mendan mo‘jiza kutmanglar»

Ektor Kuper: «Yana aytaman, mendan mo‘jiza kutmanglar»

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Suriyaga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi va uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Birinchi o‘yindan muxlislar g‘alaba kutishi tabiiy hol. Biz ham ushbu o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushgan edik. Afsuski ayrim vaziyatlarda bizga omad yetishmagan bo‘lsa boshqa vaziyatlarda o‘yinchilarning xali bir-birini to‘liq tushunmagani pand berdi. Yigitlar hali mashg‘ulotlarda faollik bilan qatnashib o‘z so‘zlarini aytishlariga ishonaman.

Kechagi matbuot anjumanida mendan mo‘jiza kutmasligingizni so‘ragan edim. Bu o‘yindan yakuniy xulosa chiqarmasligingizni so‘rardim. Biz bu o‘yinda ximoyani sinab ko‘rgan bo‘lsak, boshqa o‘yinlarda boshqacha taktikalarda to‘p suramiz. Osiyo kubogiga qadar o‘yin uslubimiz shakllanib boradi.

Mening bu o‘yindagi asosiy maqsadim futbolchilarning maydonda qanday harakat qilishini kuzatish edi. O‘yinimizda kamchiliklar bor albatta. Lekin bir narsani yana bir bor ta’kidlab o‘tishni istardimki, o‘rtoqlik uchrashuvlarida men uchun asosiysi natija emas balki turli taktik sinovlarni o‘tkazishdir. Futbolchilar bir-birlarini to‘liq tushuna boshlashsa, natijalar ham yaxshilanib boradi.

O‘yin uslubiga kiritgan yangiliklarim haqida gapiradigan bo‘lsam, biz mashg‘ulotlarni to‘g‘ri himoyalanishdan boshlayapmiz.

Eron bilan o‘yinda biz yangi taktikada to‘p suramiz, bugungi o‘yinda maydonga tushmagan futbolchilarni ham sinab ko‘ramiz”, - deydi Kuper.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:33, 06.09.2018.
O'qildi: 16422 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик