Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

«Monako»ning oqilona siyosati va yulduzga aylangan topilmalari (fotogalereya)

«Monako»ning oqilona siyosati va yulduzga aylangan topilmalari (fotogalereya)

Baho:
+1 | -

Rossiya terma jamoasining bosh umidi - 22 yoshli yarim himoyachi Aleksandr Golovin faoliyatini Fransiya elit divizionida davom ettirishni ma’qul ko‘rdi. Ruslar uning «Chelsi» yoki «Barselona» qolib, aynan «Monako» safiga qo‘shilganidan xursandlar.

Zero, gap oxirgi yillarda ko‘plab yosh iqtidorlarga haqiqiy tramplin vazifasini o‘tab, ularni yevrofutbol grandlariga yo‘naltirgan jamoa haqida ketmoqda. Ajabmas, Golovin ham knyazlik klubida eng yuqori darajaga chiqsa.

«SE» shunga umid bog‘lab, «Monako»ni transfer bozori qiroli sifatida e’tirof etdi. Ha, Monegask klubi so‘nggi yillarda futbol olamiga brilliant ijrochilarni yetkazib berish barobarida binoyidek foyda olyapti.

Quyidagi 10ta kelishuv «Monako»ning transfer bozorida chindan ham, bosh sotuvchi ekanligidan dalolat.

Kilian MBAPPE (Fransiya, hujumchi)

Xarid (klub|yil|yoshi|bahosi):  Mbappe - «Monako» tarbiyalanuvchisi, 14 yoshidan klub tizimida shug‘ullangan, ya’ni 2013 yili akademiya safiga qo‘shilgandi

«Monako»dagi statistikasi (o‘yin|gol|samarali uzatma): 60|27|16

Sotuv (klub|yil|yoshi|bahosi): «PSJ» (Fransiya)|2017|19|180 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

Foyda: 180 million yevro

JCH-2018ning eng yaxshi yosh futbolchisi yaqinda rasman futbol tarixidagi ikkinchi qimmatbaho o‘yinchiga aylandi - «PSJ» 2 yillik ijara kelishuvi shartiga muvofiq, «Monako» hisob raqamiga naq 180 million yevro berishi kerak.

Aytishlaricha, «Real» fransiyalik is’tedodni «qaymoqrang» futbolkada ko‘rmoqchi. Bu transfer amalga oshadimi yoki yo‘q, «Monako» o‘z ulushini olib ulgurdi.

Toma LEMAR (Fransiya, hujumchi)

Xarid (klub|yil|yoshi|bahosi): «Kan» (Fransiya)|2015|19|4 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

«Monako»dagi statistikasi (o‘yin|gol|samarali uzatma): 127|22|32

Sotuv (klub|yil|yoshi|bahosi): «Atletiko» (Ispaniya)|2018|22|70 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

Foyda: 66 million yevro

14 yoshli Lemarni Gvadelupadan Fransiyaga «Kan» yoshlar jamoasi murabbiyi Filipp Transhan olib kelgandi. Biroq yigitcha tez orada hafsalasizlikka tushdi. Chunki unga hech kim e’tibor qaratmadi - N~Golo Kante jamoada yaqqol yetakchi edi. Xullas, Toma ahyon-ahyonda zaxiradan maydonga tushish bilan cheklanardi.

Diqqatga sazovor tomoni, shunday almashtirishlardan biri futbolchining taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi: u 2015 yil bahorida «Monako»ga qarshi kechgan uchrashuvda yarim soatcha o‘ynadiyu, raqib murabbiylarini hayratga soldi.

Vaholanki, «Kan» o‘sha bahsda 0:3 hisobida yutqazgandi, shunga qaramay, knyazlik klubi ustozi Leonardu Jardim gvadelupalik yigitni o‘z ro‘yxatining boshiga yozib qo‘ydi. Natijada yana bir necha oydan keyin Toma Normandiyadan Monakoga ko‘chib o‘tdi.

Bu vaqtda «Kan» Kante uchun «Lester»dan 9 million yevro olganidan xursand edi, shuning uchunmi, klub Lemar masalasida ortiqcha savdolashmadi va uni atigi 4 «limon» evaziga qo‘yib yubordi. Shundan buyon Kantening narxi deyarli 10 baravar oshdi (80 million yevro), Lemarni esa 17,5 baravar qimmatiga sotishdi - 70 million yevro.

Antoni MARTIAL (Fransiya, hujumchi)

Xarid (klub|yil|yoshi|bahosi): «Lion-V» (Fransiya)|2013|17|5 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

«Monako»dagi statistikasi (o‘yin|gol|samarali uzatma): 70|15|8

Sotuv (klub|yil|yoshi|bahosi): «MYU» (Angliya)|2015|19|60 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

Foyda: 55 million yevro

Martial 19 yoshida Liga 1 tarixida eng qimmat narxda sotilgan futbolchi bo‘ldi. U bu vaqtda hattoki, Fransiya milliy jamoasida debyut qilishga ham ulgurmagandi. To‘g‘ri, «MYU» xo‘jayinlari ushbu xariddan uncha xursand emaslar.

Axir Antoni «Old Trafford»dagi 3ta mavsumdan atigi bittasi (birinchisi)da APLda 10ta gol marrasidan o‘tdi (11ta). Fransiya milliy jamoasida esa Didye Desham davrida 18 marta maydonga tushdi.

Biroq oxirgi marta Sankt-Peterburg shahrida Rossiya termasiga qarshi kechgan o‘yin (3:1)da qatnashgan qimmatbaho futbolchi murabbiy ishonchini qozonolmadi va JCH-2018dan chetda qoldi.

Benjamen MENDI (Fransiya, himoyachi)

Xarid (klub|yil|yoshi|bahosi): «Marsel» (Fransiya)|2016|21|13 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

«Monako»dagi statistikasi (o‘yin|gol|samarali uzatma): 39|1|11

Sotuv (klub|yil|yoshi|ba- hosi):  «Manchester Siti» (Angliya)|2017|23|57,5 million yevro (transfermarkt.de sayti ma’lumoti)

Foyda: 44,5 million yevro

Hujumni xush ko‘ruvchi tartibli himoyachi «Monako»da darhol o‘z o‘rnini topdi. Har holda, «Marsel»da bir necha yil yorqin to‘p surgan Benjamin knyazlik klubi tasarrufida 1 yil ichida 4 baravar qimmatlashdi. Ammo uning Manchesterga safari xayrli boshlanmadi: jarohat, 7 oylik tanaffus...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:16, 07.09.2018.
O'qildi: 8768 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.