Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Intervyu. Toni Kroos: «Ozil yaxshi ish qilmayapti...»

Intervyu. Toni Kroos: «Ozil yaxshi ish qilmayapti...»

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasining Rossiya mundialidagi muvaffaqitsiz ishtiroki hali-veri unutilmasligi aniq. Mesut Ozil va Mario Gomes ortidan mamlakatning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi - Toni Kroos ham bundestim bilan xayrlashish haqida o‘yladi.

Xayriyatki, u yaqinda Yevro-2020gacha milliy jamoada qolishini e’lon qildi. Ha, Di Mannshaftning og‘ir holati hattoki, eng xotirjam va sovuqqon futbolchilarga ham salbiy ta’sir o‘tkazgan ko‘rinadi.

Har holda, «Real» yarim himoyachisi jahon chempionatidan keyin milliy jamoadagi keyingi faoliyati xususida jiddiy bosh qotirgani va ketish vaqti kelgani haqida o‘ylaganini ochiq tan oldi.

Germaniya futbol ittifoqi esa, nemislar Rossiyadan qaytishganidan buyon Tonining bu boradagi yakuniy to‘xtamini kutayotgandi. Tabiiyki, bosh murabbiy Yoaxim Lyov shu orada matbuot orqali va yuzma-yuz uchrashuvlar chog‘i yarim himoyachini jamoada qolishga ko‘ndirish payida bo‘ldi. Aytish mumkinki, uning sa’y-harakatlari samarasiz ketmadi.

Toni Kroos bahorda «Real» bilan ketma-ket 3-marta, faoliyati davomida esa 4-marta Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Kroosni germaniyalik eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etishdi.

Yoaxim Lyov yaqinda Germaniya futbol ittifoqi rasmiy sayti muxbirlari bilan suhbatda shunday dedi: «Ha, Toni bilan bir necha marta uchrashdim, ikkimiz yetarlicha gaplashdim. Muloqotimiz samarali bo‘lgani va Toni o‘z xohishi bilan milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirishga qaror qilganidan xursandman, albatta.

Demak, Yevro-2020 yo‘lini ham birga bosib o‘tamiz. O‘ylaymanki, Kroos boy tajribasi va saviyasi bilan jamoamizga hali ko‘p naf keltiradi. Umuman, Toni yorqin shaxs va shuning o‘zi bundestimda muhim futbolchi ekanligidan dalolat.

Qolaversa, maydon va uning tashqarisida hamon birdek katta rol o‘ynaydi. Menimcha, ko‘pchilik Toniga ehtiyojimiz naqadar balandligini ushbu faktlarsiz ham yaxshi biladi...».

Aytish joiz, Germaniya matbuoti oldinroq Kroos milliy jamoadan ketishga qaror qilgan do‘sti Mesut Ozil bilan birdam bo‘lish uchun ketish haqida o‘ylayotganini baralla yozgandi. Lekin futbolchining o‘zi bunday taxminlarni qat’iy ohangda inkor etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Real» xavbeki Mesut va Germaniya futbol itifoqi o‘rtasidagi mojaroda uni umuman qo‘llab-quvvatlagan emas. Kroosning fikricha, Ozil irqchilik haqida so‘z ochib, katta xato qilgan. Ya’ni nemis funksionerlarini oshkora ayblab, go‘yoki, mavjud muammoning yanada keng quloch yozishiga sababchi bo‘lgan va bu ishi ahmoqlik bilan teng ekan.

Kroos shuningdek, Oliver Birxoffning so‘zlarini ma’qulladi. Eslatma, bu mutaxassis Mesutni sport natijalari tufayli terma jamoadan chetlashtirish zarurligini aytgandi.

Qisqasi, Kroosning aytishicha, «Arsenal» vakili oxirgi yillarda o‘yin nuqtai nazaridan chindan ham, sezilarli darajada orqaga ketgan va saviya bo‘yicha deylik, jahon chempionati talablariga javob bermasdi:

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:32, 07.09.2018.
O'qildi: 13902 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик