Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

23 ming muxlis qarshisidagi o‘yinda «Dinamo» «Xo‘jand» bilan durang o‘ynadi

23 ming muxlis qarshisidagi o‘yinda «Dinamo» «Xo‘jand» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasidagi keng qamrovli ishlar doirasida Samarqandning “Dinamo” jamoasi Xo‘jand shahrida mahalliy jamoa mehmoni bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Xo‘jand - Samarqand biznes forumi doirasida kechgan ushbu bahs oldidan tojikistonliklar Samarqand delegasiyasi va “Dinamo” klubini katta tantanalar bilan kutib olishdi. Xo‘jand shahri O‘zbekiston va Tojikiston bayroqlari bilan burkandi. Shaharda qo‘shnichilik rishtalarini yanada mustahkamlovchi yirik tadbirga katta tayyorgarlik ko‘rilgani sezilib turardi.

“Xo‘jand” - “Dinamo” uchrashuvi o‘tadigan markaziy o‘yingoh xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan qariyb 1 soat oldin 23 ming muxlis bilan liq to‘lib bo‘ldi.

O‘yin oldidan so‘zga chiqqan Tojikistonning So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda har ikki davlat prezidentlarining o‘zbek-tojik qo‘shnichilik aloqalarini yanada yaxshilash va har sohada hamkorlik qilish borasidagi tashabbuslarini ikki mamlakat ham katta quvonch bilan qarshi olganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Tojikiston davlat madhiyalari yangragach, o‘rtoqlik o‘yiniga rasmiy ma’noda to‘pni So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda kiritib berdi. Do‘stona ruhda kechgan uchrashuvning 30-daqiqasida “Dinamo” yarimhimoyachisi Dilmurod Karimov ajoyib goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqada Jahongir Ergashev “Xo‘jand” jamoasi goliga mualliflik qildi. O‘yin davomida 23 ming muxlis bilan to‘lgan stadion “O‘zbekiston”, “Tojikiston” deya hayqiriq va olqishlar bilan jamoalarni qo‘llab-quvvatlab turdi. Bahsda do‘stona hisob – 1:1 natijasi qayd etildi. Qayd etish joiz, Samarqandda o‘tgan aprel oyidagi dastlabki bahsda 2:2 hisobi kuzatilgandi.

Samarqand delegatsiyasi biznes-forum, Samarqand va So‘g‘d viloyati san’atkorlari ijrosidagi konsert dasturi va Tojikiston Mustaqilligining 27 yilligi bayram tadbirlaridan so‘ng Samarqand shahriga qaytib keladi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi.

7 sentyabr (juma)

«Xo‘jand» (Tojikiston) - «Dinamo» (O‘zbekiston) - 1:1.

Xo‘jand, 23 000 tomoshabin.

Bosh hakam: Xurshed Dadoboyev (Xo‘jand).

Gollar: Dilmurod Karimov, 30′ (0:1) - Jahongir Ergashev, 53′ (1:1).

«Xo‘jand»: Aleksey Matrosov, Manuchehr Ahmedov, Xurshed Beknazarov, Vusal Magerramov, Dmitro Bondar, Baxtiyor Choriyev, Obidjon Hakimov, Mehroj Sharifzoda, Hasan Rustamov, Farhod Toxirov, Jahongir Ergashev.

«Dinamo»: Shohruhjon Raimov, Mirkomil Lokayev, Komil Sharofuddinov, Firdavs Abdusalimov, Otabek Narzullayev, Dilmurod Karimov, Damir Temurov, Jasur Azimov, Ilhom Yunusov, Sherzod Jalilov, Sanjar Barotov.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:20, 08.09.2018.
O'qildi: 4378 marta.
Fikrlar: 333 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.