Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Pogba va Balotellining «omuxtasi» yoxud Yevro u-19 yulduzi haqida

Pogba va Balotellining «omuxtasi» yoxud Yevro u-19 yulduzi haqida

Baho:
+ | -

2018 yil 29 iyul oqshomida Finlyandiyada 19 yoshli futbolchilardan tarkib topgan termalar o‘rtasida Yevropa chempionati nihoyasiga yetdi.

Portugaliya hamda Italiya jamoalari o‘rtasidagi final bahsi shunchalik qizidiki, JCH-2018ning hal qiluvchi bellashuvi uning oldida nursizlanib qoldi: 120 daqiqali murosasiz bahs, 7ta gol, 11ta sariq kartochka...

O‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozongan Portugaliya o‘z tarixida 2-marta shohsupaga ko‘tarildi. Bu yosh toifasida fransuzlar 7 karra chempion sifatida yetakchilik qilishmoqda.

Jumladan, 2016 yilda Kilian Mbappe va Usmon Dembelelar cho‘qqini zabt etishgandi. Ikki yildan keyin ular jahon tojdoriga aylanishdi. 2010 yildagi qit’a musobaqasida esa, yosh Lyakazett va Grizmannlar porlagan edilar.

Hozirda bu iqtidor sohiblari yulduz darajasiga ko‘tarilishga ulgurishdi. Shundan xulosa chiqargan holda, Qatar mundialida porlashi mumkin bo‘lgan yoshlar haqida hikoya qilishni lozim topdik.

ITALIYALIK KIN

Yevro-2018 ishtirokchilari orasida, jumladan, final bahsida ham, Italiya terma jamoasi hujumchisi Moyze Kin yaqqol ko‘zga tashlanib turdi. Ehtimol, italiyaliklar murabbiyi bu hujumchini barvaqtroq maydonga tushirmagani uchun hozir ham o‘zini kechira olmayotgandir.

Jamoasi 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan o‘yinning 75-daqiqasida Kin dastlabki javob to‘pini kiritdi. Moyzening 2-goli esa bahsni «over-taym»larga ko‘chirdi.

Umuman, 18 yoshli iqtidor sohibi turnirda 3ta uchrashuv o‘tkazib, 285 daqiqa to‘p surdi. Shu vaqt ichida Kin 4ta (Norvegiya va Fransiyaga bittadan, finalda 2ta) gol urdi. O‘zining so‘nggi golini hujumchi vatandoshi va «kumir»i Mario Balotelli uslubida nishonladi

. Uning Marioga munosabati ham, ularni qiyoslashimiz ham bejiz emas - ikkovi ham Afrika vakillari. Balotellining tarixi barchaga yaxshi ma’lum - italiyaliklar oilasi uni o‘z tasarrufiga olib, hayotga yo‘llanma berdi.

Kinning taqdiri esa o‘zgacha, u ivuarlik yigit va italiyalik ayolning farzandi. Shu sababli uning familiyasi ingliz yoki italyan lahjasida emas, balki fransuz shevasiga yaqinroq tarzda talaffuz qilinadi.

Kin va Balotellining faoliyatida yana bir mushtaraklik mavjud - ular Mino Rayola bilan hamkorlik qilishadi. Yevropaning teng yarmi Rayolaga bo‘ysunishga tayyor bo‘lsa, ikkinchi yarmining ko‘rarga ko‘zi, otarga o‘qi yo‘q. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Moyze bir nechta rekordlarni o‘rnatishga ulgurdi.

Jumladan, 2016 yilning kuzida u zaxiradan maydonga tushish orqali YECHLda to‘p surgan 2000 yilda tug‘ilgan dastlabki futbolchi sifatida turnir tarixiga kirdi. Tez orada hujumchi o‘z tengdoshlari orasida birinchi bo‘lib top-chempionatda («Yuventus» - «Bolonya») gol urdi.

O‘tgan mavsumni «Verona» da ijarada o‘tkazgan 17 yoshli Kin 19 marta maydonga tushib, 4ta gol urdi. Natija yanada yuqoriroq bo‘lishi mumkin edi. Ammo kutilmagan jarohat tufayli mavsumning yakuniy bosqichini shifoxonada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Ijara shartnomasi imzolangan paytda Moyzeni 1,5 million yevroga baholashgandi.

Hozir ushbu narx 12 million yevroga teng. 183 sm. bo‘yli hujumchi o‘zining baquvvat gavdasi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi, yuqori tezlik va kuchli zarba sohibi. To‘g‘ri, Moyze nafis texnika bobida maqtana olmaydi. Lekin yakkakurashlarga dadillik bilan kirishadi.

«Ikkinchi qavat»da uning oldiga tusha oladigan hujumchi yo‘q. Kin shuningdek, to‘p ilinjida markazga qadar ortga qaytishi bilan Pol Pogbani eslatadi. Ma’lumki, Pogba ham Rayola mijozlaridan.

QAHRAMON TO‘PURAR

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:43, 08.09.2018.
O'qildi: 3713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.