Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbekiston U-21terma jamoasi ustozi va futbolchisi O‘FA matbuot xizmati bilan suhbatlashdi

O‘zbekiston U-21terma jamoasi ustozi va futbolchisi O‘FA matbuot xizmati bilan suhbatlashdi

Baho:
+1 | -

Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etib musobaqa chempionligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ustozi Jamshid Saidov va “Eng chiroyli gol” sovrini egasi Sherzod Nasrullayevlar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati bilan suhbatlashib, musobaqa haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Jamshid Saidov: – Avvalambor ushbu musobaqani yuksak saviyada tashkil etib, bizlarni taklif qilgani uchun Xitoy futbol assosiasiyasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tsam. Tashkiliy tomondan musobaqa juda ham yuqori saviyada o‘tdi. Xabaringiz bor, musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etdi. Xitoy, O‘zbekiston, Tojikiston va Myanma U-21 terma jamoalari. Musobaqa davomida 2 ta g‘alaba va 1 durang natija qayd etishgani uchun futbolchilarga katta raxmat deyman. O‘yinlar davomida futbolchilarimiz texnika, xarakter va jismoniy jihatdan o‘zlarini ijobiy tomonlama namoyish qila olishdi. Har bir o‘yinda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq yaqqol sezilib turdi. Biz qisqa muddat davomida jamoani bir maqsad yo‘lida birlashtira oldik.

– Uzoqda bo‘lishimizga qaramasdan, xalqimizning, futbol muxlislari-yu sportga qiziquvchi barcha-barchaning bizni qo‘llab-quvvatlab turganlarini his qilib turdik. Buning uchun Siz azizlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik izhor etaman. Yana bir alohida minnatdorchilikni shu turnirda qatnashish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga bildiraman.

– Bu xalqaro turnirda yigitlar katta tajriba to‘plashdi deb bemalol ayta olaman. Bunday musobaqalarda tez-tez qatnashish futbolimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi deb hisoblayman. Assosiasiyamizdan bunday xalqaro musobaqalarni yurtimizda ham tashkil qilishlarini so‘rar edim. Shunda yurtimiz ham futbol bayramiga mezbonlik qilib, tashrif buyurgan o‘zga yurt vakillari serquyosh O‘zbekistonning madaniyati, urf-odatlari, mehmondo‘stligi-yu sportda erishayotgan yutuqlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lar edilar.

Sherzod Nasrullayev: – Avvalambor musobaqa tashkilotchilari va bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha futbol ishqibozlariga rahmat demoqchiman. Bu nafaqat bizning balki o‘zbek futbolining g‘alabasi hamdir. O‘yinlar juda ham yaxshi saviyada o‘tdi. Barcha raqiblar bizga kuchli qarshilik ko‘rsatganlariga qaramasdan biz g‘olib bo‘lishga erishdik. Bu terma jamoamizning yurtimizga bayram tuhfasi bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. 

– Himoyachi bo‘lishimga qaramasdan men kiritgan to‘p musobaqaning “Eng chiroyli gol” nominasiyasida g‘olib chiqdi. Bundan juda ham xursand bo‘ldim va keyingi o‘yinlarda ham to‘p kiritish ishtiyoqi kuchaydi. So‘zim oxirida, bizga ishonch bildirib shu musobaqaga yuborgani uchun xalqimizga, futbol ixlosmandlariga hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yana bir bor minnatdorchilik izhor etaman.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:24, 08.09.2018.
O'qildi: 2318 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.