Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Ayollar futboli. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

Ayollar futboli. O‘zbekiston U-16 terma jamoasi nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida qatnashishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Ilhom Xanjariyev boshchiligidagi futbolchi qizlar 8 sentyabrdan boshlab Toshkentdagi “Chig‘atoy” yig‘in o‘tkazishmoqda. Yig‘in davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilyapti. Bugun O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi “Bunyodkor-2005” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin terma jamoaning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

Ushbu o‘yin O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi uchun Osiyo chempionati saralashi oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Ertaga tongda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent – Kuala-Lumpur-Kolombo yo‘nalishi bo‘yicha Shri-Lankaga yo‘l oladi.

Kolombo shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida vakillarimiz Xitoy, Guam, Iordaniya va Shri-Lanka terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqich yaunlariga ko‘ra 6ta guruhda 1-o‘rini qo‘lga kiritgan jamoalar va ikkita eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 2-o‘rin egalari keyingi bosqichga yo‘l oladi. Ushbu 8ta terma jamoa 2019 yilning bahorida Osiyo chempionati saralashining 2-bosqichida ishtirok etishadi. 2-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 4ta terma jamoaga ushbu yosh toifasidagi amaldagi sovrindorlar — Yaponiya, Janubiy Koreya va KXDR terma jamoalari hamda Osiyo chempionati mezboni (1-saralash bosqichidan keyin ma’lum bo‘ladi) qo‘shiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:25, 11.09.2018.
O'qildi: 2281 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик