Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

Luis Enrike: "Terma jamoa o‘zagini "Real" futbolchilari tashkil qiladi, bu menga yoqadi"

Luis Enrike: "Terma jamoa o‘zagini "Real" futbolchilari tashkil qiladi, bu menga yoqadi"

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Millatlar ligasida Xorvatiya tor-mor etilganidan so‘ng (6:0) fikrlarini bildirdi.

"Klub va terma jamoalarni taqqoslashdan ma’no yo‘q. Bizda o‘z o‘yin g‘oyamiz bor va u bugun yaxshi ish berdi Biz o‘ta foydali o‘yin ko‘rsatdik va aqlbovar qilmas gollar urdik.

Biz avvalgidek yaxshi jamoa bo‘lishni istaymiz. Bu o‘n kun ichida menga yigitlarning ishga bo‘lgan munosabatlari yoqdi. Hammasi bir kunda o‘zgarib ketishi mumkin. Men g‘alabaning ahamiyatini oshirib yuboradligan va mag‘lubiyatdan fojia yasaydiganlardan emasman.

O‘yinda muvozanant o‘rnatishni istayman. Boshlang‘ich tarkibda "Real"ning olti o‘yinchisi borligini bilmagan edim, bu meni qiziqtirmaydi. Hamma yigitlar Ispaniya milliy terma jamoasi uchun o‘ynaydilar. Ular terma jamoa sharafini himoya qiladilar, klubning emas. Ha, termaning o‘zagini "Real" futbolchilari tashkil qiladi, bu menga yoqadi.

"Barselona"dan hech kim qolmadi? (Buskets 59-daqiqada almashtirildi). Men terma jamoa libosidagi o‘yinchilarni ko‘raman.

Guruhdan chiqish imkoniyatlari? Angliya va Xorvatiyani yana bir martadan yutish kerak", - deydi Enrike.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:08, 12.09.2018.
O'qildi: 8863 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.