Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Superliga. Namangandagi markaziy o‘yinda 6 ta gol urildi

Superliga. Namangandagi markaziy o‘yinda 6 ta gol urildi

Baho:
+1 | -

Bugun, 14 sentyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionda Superliganing markaziy o‘yini deya ta’riflanayotgan “Navbahor” hamda “Paxtakor” o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yinda 3:3 hisobi qayd etildi.

Bugun o‘yinni stadionda bevosita tomosha qilaman deya 22650 nafar muxlis tashrif buyurdi, ularning ko‘pchiligi asosan mahalliy muxlislar bo‘lib, “Navbahor” balki olqishlar evaziga so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, 40-daqiqada Ayubxon No‘monov mezbonlarning dastlabki golini urdi. Shundan so‘ng, Dragan Cheran hisobni tenglashtirdi, o‘yin qiziganidan-qizigancha gollarga boy bo‘ldi. 72-daqiqada Ismoil Gonsalvesh penaltidan unumli foydalanib “Paxtakor”ning 2-goliga mualliflik qildi. Shundan so‘ng hujumga zo‘r bergan mezbonlar 76-daqiqada Aziz Turg‘unboyevning faolligi evaziga yana muvozanatni tikladilar. Biroq oradan 4 daqiqa o‘tib, Farruh Sayfiyev “Paxtakor”ning 3-golini urdi.

Shunga qaramay, umidini so‘ndirmagan “Navbahor” qo‘shimcha daqiqalarda Igor Golbanning goli tufayli markaziy o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shu tariqa, o‘yinda 3:3 hisobi qayd etildi.

Superliga, 23-tur.

“Navbahor” – “Paxtakor”  3:3.

Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Seraziddinov, Alisher Usmonov, Akmal Rahimov.

GollarAyubxon No‘’monov(40), Azizbek Turg‘unboyev(76) Igor Golban (90) – Dragan Cheran(48),  Ismoil Gonsalvesh (72, penalti), Farrux Sayfiyev(80).

“Navbahor”: 1.Botirali Ergashev, 5.Igor Golban, 7.SHerzod Karimov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 8.Ayubxon No‘’monov, 9.Dilshod Jabborov (14.Ilhom Boydedayev, 83), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A’zam Aliyev, 24.Davron Hoshimov, 30.Darko Nikach (Azamat Allaniyozov 90+2), 44.Darko Stanoyevich.

Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 15.Azamat Allaniyozov, 17.Sardor Sulaymonov, 27.Ravshan Do‘smatov, 33.Tomislav Payovich, 35.Dilshod Hamroyev, 77.Muzaffar Abdullayev, 99.Sarvar Soliyev.

“Paxtakor”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.SHerzod A’zamov, 7.Azim Ahmedov, 8.Dilshod Rahmatullayev, 9.Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 88), 11.Ismoil Gonsalvesh (21.Kamoliddin Tojiyev, 85), 15.Egor Krimes, 34.Farrux Sayfiyev, 69.Dragan Cheran, 77.Tiago Bezerra

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Xojiakbar Alijonov, 6.Jahongir Ahmadov, 10.Jamshid Iskanderov, 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Jasur Yaxshiboyev, 29.Vladimir Kozak, 88.Igor Sergeev.

Ogohlantirishlar: Yegor Krimes 29, Davron Hoshimov 29.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:54, 14.09.2018.
O'qildi: 6761 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.