Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“Metallurg” klubida pullari qolib ketgan futbolchilar PFLga da’vo arizasi berishi mumkin

“Metallurg” klubida pullari qolib ketgan futbolchilar PFLga da’vo arizasi berishi mumkin

Baho:
+ | -

Kecha — 14 sentyabr kuni Professional futbol ligasi komissiyasi Bekobodning “Metallurg” klubi qarorgohida bo‘ldi.

Hozirga qadar “Metallurg” futbol klubining futbolchilar yoki murabbiylar oldidagi qarzdorligi masalasida PFLga shikoyat arizasi kelib tushmagan. Hisob-kitob yuritish borasida mazkur jamoaning ishlari joyida.

Shunga qaramay, 2016 yilning sentyabr oyidan to hozirgi vaqtga qadar “Metallurg” jamoasida faoliyat ko‘rsatgan futbolchilar, ishchi-hodimlar yoki murabbiylar moliyaviy muammolar va kamchiliklar yuzasidan Professional futbol ligasiga murojaat bilan chiqishlari mumkin. Tashkilot “Metallurg” klubida qarzdorlik mavjud ekanligini aniqlasa, klubda qolib ketgan pullar undirib beriladi. Ushbu masala PFL orqali hal bo‘lmasa, ishni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshidagi apellyasiya guruhi o‘rganib chiqadi.

Ma’lumot uchun, biror futbol klubida mablag‘lari qolib ketgan futbolchilar, murabbiylar, ishchi-hodimlar, xizmat ko‘rsatish muassasalari ikki yil muddat ichida da’vo arizasi bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Bu muddatdan tashqarida bo‘lgan ishlar PFL tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:49, 15.09.2018.
O'qildi: 2376 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.