Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Milliy olimpiya qo‘mitasida yangi ishlangan «Bir jamoa» videoklipining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Milliy olimpiya qo‘mitasida yangi ishlangan «Bir jamoa» videoklipining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida joriy yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ParaOsiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Mazkur musobaqa oldidan Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya assosiasiyasi va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida ijtimoiy videorolik tayyorlandi. Bugun ushbu videomahsulotning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Milliy paralimpiya assosiasiyasi vakillari, videoklip ssenariy muallifi va rejisseri Lola Yo‘ldosheva boshchiligidagi ijodiy guruh, paralimpiya sportchilari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Klip namoyishi oldidan taniqli qo‘shiqchi va rejisser, estradamizning yorqin yulduzlaridan biri Lola so‘z olib, shunday dedi:

“Milliy olimpiya qo‘mitasi, Paralimpiya assosiasiyasi va maktabgacha ta’lim vazirligidan ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif tushgach, ikkilanmasdan uni qabul qildim. Chunki bu men uchun yangi chorlov, o‘ziga hos chaqiriq edi. Men klipda zamonaviy superqahramonlarni, barcha qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, irodasi mustahkam insonlarni aks ettirishni hohladim. Loyihada Ra’no Shodiyevani hisobga olmaganda birorta professional akterlar xizmatidan foydalanmadik. Aksincha O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi sportchilarini tasvirga olish ishlariga jalb qildik. Ular chindan ham qahramonlar. Bugun ushbu klipni tomosha qilib bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. Ularda nihoyatda mustahkam iroda, sabr-bardosh, xayotga bo‘lgan ishonch va umid mujassam. Men biz bilan ushbu loyiha ustida ishlagan barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Uylaymanki “Bir jamoa” loyihasi muhlislarga manzur keladi”.

Loyihada aytib o‘tganimizdek, paralimpiyachi sportchilar, nufuzli xalqaro turnirlar g‘oliblari qatnashishgan. Ular videomahsulot davomida o‘z harakatlari bilan har qanday qiyinchilikni yengib o‘tish mumkinligi va muvaffaqiyatga yetaklovchi yo‘l og‘ir ammo sharafli ekanligini namoyish etib berishadi. Ta’kidlash lozimki, mazkur ijtimoiy loyiha qo‘pgina paralimpiya sportchilari, imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaxshigina motivasion xarakterga ega va yaqinda start oladigan ParaOsiyo o‘yinlarida paralimpiyachilarimiz kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shib, ularni yangidan yangi g‘alabalar sari chorlashi shubhasiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 19:24, 18.09.2018.
O'qildi: 1861 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.