Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

"Qo‘qon-1912" O‘Zbekiston kubogi yarimfinaliga yo‘l oldi

"Qo‘qon-1912" O‘Zbekiston kubogi yarimfinaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Yangi formatda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogi bahslariga bo‘lgan qiziqish juda yuqori bo‘lmoqda.

Xususan, bugungi o‘yinga bo‘lgan e’tibor ham yuqori edi. Buni yaxshi anglab yetgan qo‘qo‘onliklar uchrashuvni shiddatli hujumlar ostida boshlashdi. Mezbonlar 2-daqiqada hisobni ochishlari mumkin edi. Jasur Hakimov qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Uning yaqin masofadan bergan zarbasi biroz noaniq ko‘rinish oldi. 7-daqiqada Yana bir hujumimiz xavfli ko‘rinish oldi. Xolmuhammedov-Ro‘ziyev-Hakimov kombinasiyasidan so‘ng, Jasurning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. 17-daqiqada mezbonlar hisobni ochishdi. Burchak to‘pidan keyin raqib jarima maydonchasi ichida pala-partishlik vujudga keldi. Undan foydalangan Suhrob Berdiyev raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 41-daqiqada hisobni oshirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Biroq zarbaga ozgina aniqlik yetishmadi. To‘p raqib darvozasining tashqi tomoniga tegdi.
Birinchi bo‘lim shu tariqa yakuniga yetdi.
Ikkinchi bo‘limni ham qo‘qonliklar hujumkor ruhda boshlashdi. Ana shunday hujumlarining birida raqib darvozaboniga omad kulib boqdi. 51-daqiqada Javohir Sidiqovning zargarona to‘p uzatishidan keyin Jasur Hakimov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Biroq to‘pni o‘zida ko‘proq saqlab qolgani bois imkoniyatni yo‘qqa chiqardi.
64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.
Bo‘lim o‘rtalariga kelib, mehmonlarda golga toradigan bir qator vaziyatlar bo‘ldi.
79-daqiqa o‘tib borayotgan pallada futbolchilarimiz ijrosidagi ajoyib kombinasiyani Suhrob Berdiyev gol bilan yakunladi. Uning ayyorona tarzda bergan zarbasi oldida raqib posboni ojiz qoldi.
Taymning qolgan daqiqalarida tomonlar shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Biroq ulardan foydalana olmaslik oqibatida tablodagi hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarishsiz qoldi.
Shu tariqa, "Qo‘qon-1912" O‘zbekiston Kubogi yarim finalga yo‘llanma olishdi.
Aytgancha, ushbu jamoalar 22 sentyabr kuni Superliga doirasida Navoiyda bahs olib borishadi.

O‘zbekiston kubogi
1/4 final
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 2:0 (1:0)
Hakamlar: Olim Tolibjonov, Sherzod Qamarov, Sardor Hakimov, Temur To‘xtasinov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Bahodir Mirzayev
Gollar: Suhrob Berdiyev – 17, 79.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Bahodir Akramov, 5. G‘iyos Komilov, 10. Javohir Sidiqov (78. Bexruz Sa’dilloyev – 88), 15. Oybek Rustamov (55. Darko Gojkovich – 85), 17. Quvondiq Ro‘ziyev (38. Doston Meliqo‘ziyev – 85), 19. Suhrob Berdiyev (11. Firdavs Asadov – 82), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov (96. Muhammadanas Hasanov – 64).
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 79. Iqbol Malikjonov.
“Qizilqum”: 1. Erkin Jabborov, 5. Georgi Kvesiashvili, 10. Alisher Sanoyev (23. Sherali Jo‘rayev – 56), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan (8. Akmal Rustamov - 31), 21. Muhsin Ubaydullayev (18. Samandar Shodmonov – 87), 30. Elguja Grigalashvili, 44. Mirjalol Qosimov, 50. Eldor Boymatov, 84. Nemanya Yovanovich (9. Xumoyun Abduolimov – 59), 91. Salim Mustafoyev (11. Doniyor Usmonov – 81).
Zaxira: 77. Yevgeniy Cheremisin, 88. Ivan Nagayev, 98. Bekzod G‘anijonov.

 

Kiritildi: 20:03, 18.09.2018.
O'qildi: 2953 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.