Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Paralimpiyachilarimiz Paraosiyo o‘yinlariga tayyor: Bugun sportchilarimiz musobaqaga rasman kuzatildi

Paralimpiyachilarimiz Paraosiyo o‘yinlariga tayyor: Bugun sportchilarimiz musobaqaga rasman kuzatildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziya Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qildi. An’anaga ko‘ra, musobaqa nihoyasiga yetgach, oradan bir qancha vaqt o‘tib Paraosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi Paraosiyo o‘yinlari 6-13 oktyabr kunlari o‘tkaziladi. O‘yinlarda o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etishlari rejalashtirilmoqda.

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasida Indoneziyadagi Paraosiyo o‘yinlariga rasmiy kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Paralimpiya assosiasiyasi rahbariyati, yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda ishtirok etuvchi sportchilarimiz va ularning murabbiylari hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Ahmadjonov so‘zga chiqar ekan, Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish navbati paralimpiyachilarimizga kelgani haqida gapirdi:

«Vaqt juda ham tez o‘tyapti. Yaqindagina paralimpiyachilarimizning Rio Olimpiadasidagi munosib ishtiroklarini katta shodiyona bilan qarshi olgandik. Endi esa boshqa bir katta musobaqa — Osiyo Olimpiadasida vatanimiz sharafini himoya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

Barchangiz guvohi bo‘lganingizdek, Jakarta mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, tarixiy natija qayd etishdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev talablari bilan sportda katta o‘zgarishlar bo‘lgani Jakartdagi musobaqada o‘z isbotini topdi. O‘zbekiston terma jamoasining qit’amizda beshinchi bo‘lishi hamda tarixda ilk bor yigirmadan ziyod oltin medalning qo‘lga kiritilishida katta mehnat va mashaqqat yotibdi. Barchangiz ko‘rdingiz, vatandoshlarimiz umumiy hisobda 70 ta medalni qo‘lga kiritib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatishdi.

Endi esa navbat sizniki. Xuddi Rio Olimpiadasida bo‘lgani kabi, bu safar ham mamlakatimiz paralimpiyachilari o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishlariga ishonamiz. Musobaqa davomida xalqimiz ishonchi va Prezidentimiz madadi doim sizlar bilan bo‘ladi. Umid qilamizki, yana bir necha kundan so‘ng barchangizni Toshkent xalqaro aeroportida katta shodiyona bilan kutib olamiz. Biz sizga doimgidek ishonamiz! Bo‘sh kelmang, azamatlar!», – dedi Umid Ahmadjonov.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini MOQ Prezidenti va O‘zbekiston Paralimpiya assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov terma jamoamiz a’zosi Husniddin Norbekovga tantanali ravishda topshirdi.

Yakunda paralimpiyachilarning kuchiga-kuch, g‘ayratiga-g‘ayrat qo‘shish maqsadida xonanda Lola tomonidan ishlangan yangi «Bir jamoa» videoklipi namoyish etildi. Bungacha Milliy olimpiya qo‘mitasida ushbu klipning taqdimot marosimi o‘tkazilgandi.

Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va yengil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Bu safar II Paraosiyo o‘yinlariga qaraganda ikki barobar ko‘p sportchi bilan ishtirok etamiz. Taqqoslash uchun to‘rt yil oldin Incheondagi o‘yinlarda 27 nafar paralimpiyachimiz yurtimiz sharafini himoya qilgandi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:51, 18.09.2018.
O'qildi: 2110 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.