Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Antuan Grizmann: «Hozircha uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz»

Antuan Grizmann: «Hozircha uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz»

Baho:
+ | -

Grizmann Rossiyada o‘tkazilgan JCH-2018 chempionlari safidagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘ldi. Antuan asosiy sovrin yoniga Yevropa Ligasi g‘olibligi va UYEFA Superkubogini ham qo‘shib qo‘ydi.

Fransiyalik hujumchi FIFA talqini bo‘yicha 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar 11ligidan joy egallagandi. U gollarini videoo‘yinlardagi raqslar bilan nishonlaydi. Grizmann hujjatli filmda «Barselona»ga o‘tishni rad etib, Madridning «Atletiko» klubida qolishini bildirarkan, ushbu qarorni qabul qilish oson bo‘lmaganini payqash qiyin emasdi.

Antuan basketbolni futboldan kam yaxshi ko‘rmaydi, oddiy ishqibozlar singari MBAdagi kumirlari bilan suratga tushadi. U o‘zini 100 foiz fransuz va urugvaylik deb biladi... Futbolchi Grizmann - favqulodda qobiliyat egasi.

Fransiya termasi yulduzi uchun bu yil chin ma’noda muvaffaqiyatli keldi. Klublar ishtirokidagi navbatdagi mavsum avj pallasiga kirayotgan bir paytda Antuan FIFA rasmiy saytiga intervyu berib, so‘nggi oylarda kuzatilgan hayajonli damlar haqida gapirdi.

- Fransiya termasi bilan mundialda zafar quchish, «Atletiko» safida Yevropa Ligasi kubogini qo‘lga kiritish, yaqinda o‘tkazilgan UYEFA Superkubogida g‘olib chiqish, FIFA talqini bo‘yicha eng yaxshi futbolchi nomiga da’vogarlar safidan o‘rin egallash... Antuan, joriy yilga o‘zingiz qanday baho berasiz?

- Bu faoliyatimdagi o‘ta ahamiyatli yil bo‘ldi, chunki u menga birdaniga uchta mukofotni tuhfa etdi. 2016 yilgi ikkita final - Chempionlar Ligasi va Yevroning hal qiluvchi o‘yinidagi mag‘lubiyatdan so‘ng yangi muvaffaqiyatlar sari intildim, ular men uchun muhim edi, axir maqsad ham shuda - sovrinlar yutishni xohlayman.

Shunchaki baxtiyorman va yilni shunday ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazganimdan faxrlanaman. Yil futbolchisi da’vogarlari safiga qo‘shishgani ham quvontirdi. Bularning barchasiga terma jamoa va klubdagi sheriklarimning qo‘llab-quvvatlashlari, beminnat yordamlari evaziga erishdim.

- Anchadan buyon «Messi va Ronaldu davri» tugagani haqida gapirish-yapti, ammo yillar o‘tsada, ular cho‘qqining eng baland qismini egallab turishibdi. Bu yil qanday bo‘larkin?

- Darhaqiqat, ushbu futbolchilar anchadan buyon yuqori saviyada to‘p surishmoqda. Ular o‘z o‘yinlari bilan o‘zlarining ustunliklariga zarracha shubha qoldirishmayapti, barcha yutuqlarni eng yaxshi jamoalarda amalga oshirishmoqda.

Demakki, «Krishtianu, Messi va boshqalar» iyerarxiyasi hali yana saqlanib qolsa kerak. Ularning ortidan borayotganlar yetakchilarga yaqinlashishga intilishmoqda, ammo oradagi masofa hamon juda katta.

- Ushbu futbolchilar o‘zaro raqobat bir-birlarining yanada o‘sishlariga sabab bo‘layotganini tan olishadi. 2016 yili ularning taxtdagi o‘rnini egallashga juda yaqin borgandingiz. Shunday holatlar sizda ham motivasiya paydo qiladimi?

- Hamisha bir yil avvalgidan yaxshiroq bo‘lishga intilaman, axir bunday xohishsiz mavsum davomida 50-60talab gol uradigan Messi va Krishtianuga yaqinlashish yanada qiyinlashadi. Hozircha bu ikkovlon boshqa darajadalar. Ularga qaysidir alohida yilda kurash taklif qilish mumkindir, ammo buni hozirgi mavsumlarda uddalashning imkoni topilmayapti.

Men o‘zimni Neymar, Levandovski, joriy yil o‘yini ochilgan Mbappe, Azarga tenglashtiraman... Mukammallik sari intilib, boshqalar qanday to‘p surayotganini kuzatishda davom etaman.

- Ertalab turib, o‘zingizga «Men - jahon chempioniman», deyish qanday hissiyotlarni taqdim etarkan? Rossiyada o‘tgan mundialdagi g‘alabaning ahamiyatini to‘liq anglab ulgurdingizmi?

- Yo‘q, chunki buning uchun vaqt bo‘lmadi. Muntazam o‘ynaymiz, mashg‘ulot o‘tkazamiz...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:37, 19.09.2018.
O'qildi: 10530 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.